• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Axborot pandemiya paytida hayot va mamot masalasiga aylandi” – Komil Allamjonov

    Koronavirus pandemiyasi boshlanishi bilan so‘z erkinligi bilan bir qatorda axborotdan erkin foydalanish ham tahdid ostida qoldi. Bu haqda Milliy ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi rahbari Komil Allamjonov aytib o‘tdi.

    Foto: Telegram/@Komil Allamjonov

    Foto: Telegram/@Komil Allamjonov

    U fond tomonidan 28-sentabr kuni Yevropa Xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YXHT) O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori bilan hamkorlikda tashkil etilgan Xalqaro axborotga umumiy kirish kuni munosabati bilan onlayn-konferensiyada so‘zga chiqdi.

    Komil Allamjonovning so‘zlariga ko‘ra, pandemiya bilan shug‘ullanish tajribasi bo‘lmagan mamlakatlar yolg‘on va noaniq ma’lumotlar tarqalishining oldini olish uchun matbuot va ijtimoiy tarmoqlarni nazorat qilishga urina boshladi.

    “Har bir inson uchun, uy karantinida bo‘lgan fuqarodan bemorgacha, ma’lumot hayot va o‘lim masalasiga aylandi. Har bir fuqaro o‘z vaqtida to‘g‘ri muomala, uyidan tashqaridagi haqiqiy vaziyat, xavf darajasi, davlatning kurashi va qabul qilingan yangi qoidalar to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardor bo‘lishi kerak. Shuning uchun axborot erkinligini, matbuot sifatini va bu borada davlat organlarining javobgarligini oshirish kerak”, – dedi Allamjonov.

    Jamg‘arma vasiylik kengashi rahbari to‘rt yil avval O‘zbekistondagi ommaviy axborot vositalarining holatini esladi. Unga ko‘ra, 2016-yilda mamlakat matbuoti komada edi, televizorda faqat maqtovga sazovor materiallar namoyish etilardi va gazetalarda “jannatdan yangiliklar” yoritildi.

    Mavzuga doir: Komil Allamjonov AOKA va Adliya vazirligini OAV vakillari huquqlarini mustahkamlashga qaratilgan takliflar ishlab chiqishga chaqirdi

    “Bu kulgilidir hozir, lekin afsuski, holat aynan shunday edi. Davlat aholiga kerakli ma’lumotni emas, balki o‘zi to‘g‘ri deb bilgan ma’lumotlarni uzatish bilan shug‘ullangan. Butun matbuot faqat bitta insonga, u ham bo‘lsa o‘sha paytdagi davlat rahbarining ko‘ngli uchun xizmat qilgan. Odamlar tashvishlari-yu, ularning muammolari deyarli yoritilmagan. Skanvord, krossvord, munajjimlar bashorati yoki sariq matbuotdan boshqa deyarli barcha gazetalar majburiy obuna hisobiga kun ko‘rgan. Jurnalistlar dardini faqat anonim shaklda, biron ijtimoiy tarmoqda qoldirishdan boshqa iloji bo‘lmagan”, – dedi Komil Allamjonov.

    Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan to‘rt yil mobaynida matbuot sezilarli darajada erkinlashdi, jurnalistlar mamlakatning real ijtimoiy-siyosiy hayotidan olingan voqealarni bemalol yoritadigan bo‘ldi. Hatto, hukumatni tanqid qiluvchi materiallarni faolroq chop eta boshladi. Viloyatlardagi jurnalistlar ham ancha faollashdi. Ular inson huquqlarining buzilishi, korrupsiya va mansabdor shaxslarning beparvoligi haqida, ya’ni ilgari taqiq ostida bo‘lgan mavzular haqida ko‘proq, jasorat bilan yozishni boshladi.

    Foto: Telegram/@Komil Allamjonov

    Foto: Telegram/@Komil Allamjonov

    Mamlakat o‘zining taniqli blogerlariga ega bo‘ldi. Bundan tashqari, blogerlarning rasmiy doiralar tarafidan e’tirof etilishi shunday pog‘onaga ko‘tarildiki, ayrim blogerlar aholi manfaati uchun bergan takliflari prezident va hukumat qarorlarida aks eta boshladi. Ular ko‘targan mavzular va muammolar tasir kuchi oshganidan davlat idoralari zudlik bilan unga munosabat bildira boshladi.

    Shuningdek, u ilgari taqiqlangan xorijiy saytlarning blokdan chiqarilganini, jurnalistlarning manfaatlarini himoya qilish uchun Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, keyinchalik esa Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tashkil etilganligini eslatib o‘tdi.

    “Aynan shu tashkilotlar hozirda jurnalistlarni ochiqchasiga qo‘llab-quvvatlaydi va ularning huquqlarini himoya qiladi. Respublikaning barcha vazirliklari va idoralari matbuot xizmatlari faoliyati qayta ko‘rib chiqildi, ularning maqomi oshirildi va faoliyati tiklandi”, – dedi va bu jamiyatning o‘zini faollashtirishga va jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga, so‘z erkinligini kengaytirishga olib kelganini ta’kidladi.

    Ammo Komil Allamjonovning so‘zlariga ko‘ra, jurnalistlar va blogerlarda hanuzgacha qo‘rquv bor, aks holda natijalar yanada yaxshi bo‘lar edi.

    “Muammo yo‘qmi? Albatta, bor, jurnalist yoki blogerda qo‘rquv yo‘qmi? Albatta, bu ham bor, aks holda natija bundan ham yaxshi bo‘lishi mumkin edi.

    Ma’lum doiradagi shaxslarning senzurasi, jurnalistlar va blogerlarning o‘z-o‘zini senzura qilishi, davlat xodimlarining tahdidlari yoki bosimi. Tabiiyki, bunday omillar haligacha bor va biz ularga qarshi kurashyapmiz. Takliflar beryapmiz, ishlayapmiz, bir so‘z bilan aytganda, tinmayapmiz”, – deydi Allamjonov

    Komil Allamjonovning fikricha, bunday holatlarga O‘zbekistonning ochiqlik siyosatiga tahdid solmaydigan alohida holatlar sifatida qarash kerak. Uning qo‘shimcha qilishicha, jurnalist va blogerlarning oldini olish maqsadida prezident tegishli qonunni imzolashi kerak.

    Mavzuga doir:

    • “OAV va blogerning ‘ovozini o‘chirish’ga urinish bilan hech qanday natijaga erishib bo‘lmaydi” — Komil Allamjonov
    • “Zudlik bilan to‘g‘ri davolash tizimini yo‘lga qo‘yishimiz shart” — Komil Allamjonov

    29.09.2020, 17:16   Izoh (0)   14870
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Moskvada COVID-19 bemorlari soni ortgani tufayli maktablardagi ta’til vaqti uzaytirildi

    29.09.2020, 16:48

    Surxondaryoda mehribonlik uyi darvozasi tagiga chaqaloq tashlab ketildi

    29.09.2020, 16:19

    Samara va Rostovdagi palata lagerlarda yashagan barcha o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi

    29.09.2020, 15:43

    Abdulla Aripov o‘z vaqtida suv yetkazib berilgani uchun Tojikistonga minnatdorlik bildirdi

    29.09.2020, 15:08

    O‘zbekistonlik genetik olim Miradham Abzalov vafot etdi

    29.09.2020, 14:44

    O‘zbekistonda kambag‘allarning 7 foizida diplom borligi ma’lum qilindi

    29.09.2020, 12:13
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10

    Saudiya Arabistoni Superkubogi. “Al-Ahli” Ronaldu boshchiligidagi “An-Nassr”ni mag‘lub etib bosh sovringa ega chiqdi

    Sport | 23 avgust, 19:50

    O‘tgan 32 yil: Sobiq Sovet davlatlarida aholi jon boshiga daromad qanday o‘zgardi?

    O‘zbekiston | 23 avgust, 19:39

    “Ukraina hududlarini berish — Rossiyaning tuzog‘i” — YI oliy vakili

    Dunyo | 23 avgust, 19:00

    APL. “Manchester Siti” “Tottenhem”ga imkoniyatni boy berdi. Husanov maydonga tushmadi

    Sport | 23 avgust, 18:40

    Turkiya birinchi xonimi Melaniya Trampga G‘azodagi vaziyat borasida maktub yo‘lladi

    Dunyo | 23 avgust, 18:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.