• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qashqadaryoda moliyaviy piramida tashkil etishda ayblanayotganlarning qamoq ehtiyot chorasi o‘zgarishsiz qoldi. Ayblanuvchilarning yaqinlari esa bundan norozi

    Qashqadaryoda moliyaviy piramida tashkil etib, 17 ta xorijiy kompaniyaning soxta aksiyalarini sotish evaziga ikki ming nafarga yaqin fuqarodan 9 million dollar yig‘ib olishda ayblanayotganlarning ikki nafari — M.R. va Sh.A. o‘zlariga nisbatan qo‘llanilgan qamoq ehtiyot chorasini o‘zgartirish bo‘yicha sudga murojaat qilgan. Bu haqda “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan moliyaviy piramida tashkil etishda ayblanayotgan M.R.ning advokati Ergash Eshmurodov ma’lum qildi.

    Mavjuda Ro‘zimurodova

    Mavjuda Ro‘zimurodova
    Foto: “Daryo”

    Ta’kidlanishicha, moliyaviy piramida tashkil etishda ayblanayotganlardan M.R. hamda Sh.A.ning himoyachi advokatlari sudga murojaat qilib, ayblanuvchilarga nisbatan qo‘llanilgan qamoq ehtiyot chorasini o‘zgartirishni so‘ragan.

    Mazkur so‘rovga javoban 2020-yil 18-sentabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Qashqadaryo viloyat sudi advokatlar so‘rovini rad etgan va ayblanuvchilarni sudga qadar qamoqda ushlab turishga qaror qilgan. Ayblanuvchi M.R.ning yaqinlari esa u suyak chirishi kasalligi bilan og‘riganini, shuning uchun sudga qadar uni qamoqda saqlash uning sog‘lig‘i uchun xavfli ekanligini bildirmoqda.

    “Turmush o‘rtog‘imni 2020-yil 14-sentabr kuni soat 16:30 da to‘y ustida olib ketishdi. Va shu kunga qadar ushlab turishibdi. Advokatlarimiz erimga nisbatan qo‘llanilgan qamoq ehtiyot chorasini o‘zgartirish uchun sudga murojaat qildi. Ammo bugun sud bu so‘rovni rad etdi”, — deydi moliyaviy piramida tashkil etishda ayblanayotgan M.R.ning turmush o‘rtog‘i Mavjuda Ro‘zimurodova.

    Mavjuda Ro‘zimurodovaning ma’lum qilishicha, turmush o‘rtog‘i M.R. 10 yildan beri xasta. Suyak chirishi kasalligi bilan davolanib keladi.

    “Turmush o‘rtog‘im 10 yildan beri suyak chirishi kasalligi bilan davolanib keladi. Ya’ni har doim shifokor nazoratida, ukol, dori olib turishi kerak. Shuning uchun men u kishining sog‘lig‘idan xavotirdaman”, — deydi ayblanuvchining xotini.

    Lola Esonova

    Lola Esonova
    Foto: “Daryo”

    Moliyaviy piramida tashkil etishda ayblanayotgan T.R.ning turmush o‘rtog‘i Lola Esonova esa turmush o‘rtog‘i shug‘ullangan ish noqonuniy ekanligini bilishmaganini, mazkur chet el kompaniyasi haqida televideniyeda ham xabar berilgani uchun ishonishganini aytmoqda. Uning ta’kidlashicha, bu biznesga ko‘plab odamlar pul tikkan. Ularning orasida bugungi jamiyatning ziyoli qatlami ham bor.

    Ayblanuvchi T.R.ning o‘g‘li Abbos Normamatovning aytishicha, otasini tergov qilayotgan shaxs uni urayotganini ko‘rgan.

    Abbos Normamatov

    Abbos Normamatov
    Foto: “Daryo”

    “Tergovchi 8-10 soat tergov qildi. Shu payt yonimizdagi xonadan ‘voh’ degan ovoz chiqdi. Yugurib borsak, dadamni shu xonada turgan kishi bo‘g‘ayotgan ekan. Bu qaysi qonunda yozilgan?”, — deydi Abbos Normamatov.

    Mazkur ayblovga munosabat bildirgan Qashqadaryo viloyat prokuraturasi holat o‘rganilayotganini, tez orada batafsil ma’lumot berilishini bildirdi.

    Moliyaviy piramida tashkil etishda ayblanayotgan M.R.ning advokatlari — Ulash Uzoqov hamda Ergash Eshmurodovning aytishicha, sud ayblanuvchining sog‘lig‘iga e’tibor qaratib, tergov davomida ayblanuvchining tibbiy xizmatdan foydalanishi, imkoni bo‘lsa, shifoxonaga joylashtirishi lozim.

    Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryoda soxta aksiyalarni pullab, moliyaviy piramida tashkil etgan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani, unda ayblanuvchi T.R. va boshqalar o‘zlarini go‘yoki “N” xorijiy kompaniyasining Qashqadaryo viloyatidagi rasmiy vakili sifatida tanishtirib, 17 ta xorijiy kompaniyaning soxta aksiyalarini sotish evaziga ikki ming nafarga yaqin fuqarodan jami 9 million dollar yig‘ib olgani haqida xabar berilgandi.

    Mazkur holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot bergan Qashqadaryo viloyat prokuraturasi T.R. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi (ko‘p miqdorda firibgarlik) hamda boshqa moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi. Viloyat prokuraturasining qo‘shimcha qilishicha, 2020-yil 15-sentabr kuni T.R., M.R. va Sh.A. gumonlanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb etilgan bo‘lib, ularga nisbatan sudning 2020-yil 16-sentabrdagi ajrimi bilan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

    “Daryo” voqealar rivojini kuzatishda davom etadi.

    28.09.2020, 18:58   Izoh (0)   37800
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Andijondagi Muruvvat uyida 6,5 yoshli siam egizaklari tarbiyalanmoqda. Ularni jiddiy operatsiya kutmoqda (video)

    28.09.2020, 18:43

    “Erim bir necha kishi tomonidan o‘ldirilgan, ammo prokuratura bir kishini ayblash bilan kifoyalanmoqda”. Eri pichoqlab o‘ldirilgan qashqadaryolik ayol adolat istam...

    28.09.2020, 18:13

    Buxorodagi ikkita maktab bitiruvchilarining barchasi talaba bo‘ldi

    28.09.2020, 17:57

    Samarqandda 18 yoshli o‘smir avtobus urib yuborishi oqibatida vafot etdi. Tez yordam shifokori YTH joyiga yetib borganida jabrlanuvchi o‘z o‘g‘li ekanligini bildi

    28.09.2020, 17:42

    O‘zbekistonda haftaning birinchi qismida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

    28.09.2020, 17:27

    Qashqadaryodagi ayrim tumanlarda Yoshlar ishlari bo‘limlariga agentlik tavsiya qilgan nomzodlar emas, boshqalar tayinlandi. Chunki agentlikning xati “yuridik kuchg...

    28.09.2020, 17:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tailandda qirolni haqorat qilgan sobiq bosh vazir va milliarder oqlandi

    Dunyo | 23 avgust, 12:05

    Dunyodagi eng keksa odam 116 yoshini nishonladi

    Layfstayl | 23 avgust, 11:45

    Avstriyada 289 kilolik mahbus soliq to‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 23 avgust, 11:30

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.