• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Samarqandda 18 yoshli o‘smir avtobus urib yuborishi oqibatida vafot etdi. Tez yordam shifokori YTH joyiga yetib borganida jabrlanuvchi o‘z o‘g‘li ekanligini bildi

    Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida Isuzu rusumli avtobus haydovchisi velosipedda ketayotgan 18 va 19 yoshli fuqarolarni urib yubordi. Natijada 18 yoshli yigit voqea joyida vafot etdi.

    Marhumning yaqin qarindoshlari

    Marhumning yaqin qarindoshlari
    Foto: “Daryo”

    Mazkur holat bo‘yicha “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev marhumning ota-onasi va yaqinlari bilan suhbatda bo‘ldi.

    Bekzod Asamov

    Bekzod Asamov
    Foto: “Daryo”

    Ma’lum qilinishicha, 2020-yilning 26-iyun kuni kech soat taxminan 21:15 da Ishtixon tumanining “Shayxlar” mahallasidan tuman markaziga eltuvchi yo‘lda B.M. ismli shaxs boshqaruvidagi Isuzu avtobusi velosipedda ketayotgan 18 yoshli Lochinbek Elmurodov va 19 yoshli Bekzod Asamovni urib yuborgan. Natijada Lochinbek Elmurodov olgan tan jarohatlari sabab voqea joyida vafot etgan. Voqea joyiga yetib kelgan tez tibbiy yordam shifokori YTH qurboni o‘z farzandi ekanligini ko‘rgan.

    “18 yil farzandini katta qilib, mana shunday fojia sabab umri xazon bo‘lganini ko‘rish — har qanday ota-ona uchun azob. Bolamning orzulari ko‘p edi: o‘qishga kirishni niyat qilib yurgandi. Afsuski, mudhish voqea sabab u bu yorug‘ olamni erta tark etdi, — deydi marhumning otasi Olim Ulug‘murodov. — Bo‘lgan voqeani taqdir deyishimiz mumkin, ammo haydovchi o‘zini oqlash uchun turli bahonalar qilmoqda. Go‘yo hammasiga farzandim aybdordek. Ammo o‘sha kuni o‘g‘lim bilan uning o‘rtog‘i ham bo‘lgan. U hamma voqealarni ko‘rgan. Lekin hamma ishlar haydovchini oqlashga qaratilyapti”.

    Voqea joyi

    Voqea joyi
    Foto: “Daryo”

    Olim Ulug‘murodovning ta’kidlashicha, avtohalokat sodir bo‘lgan kuni haydovchi B.M. mast bo‘lgan. Surishtiruv davomida berilgan ko‘rsatmalar ham turli xil bo‘lgan.

    Voqea sodir bo‘lgan kuni marhum bilan birgalikda do‘konga borgan, voqeaning bevosita guvohi bo‘lgan Bekzod Asamov bilan ham suhbatlashdik. U holat qayerda va qanday sodir bo‘lganligini aytib berdi.

    Foto: “Daryo”

    “Soat taxminan 20:30 da do‘kondan sovg‘a olish uchun velosipedda yo‘lga chiqdik. Ikkimiz velosipedni almashib haydab ketayotgan edik. Yarim yo‘lga kelganda charchaganimiz uchun almashib olmoqchi edik. Avtobus kelayotganini ko‘rib yo‘lning chekkasida to‘xtadik. Endi velosipedni haydab ketmoqchi bo‘lib turganimizda avtobus orqamizdan kelib urdi. Biz yo‘lning chetida to‘xtab turgandik, — deydi Bekzod Asamov. — Avtohalokatdan keyingi voqealarni eslay olmayman. Hushimga kelganimda shifoxonada ekanligimni bildim. Do‘stim olamdan o‘tganini eshitdim”.

    Bekzod Asamov avtohalokat soat taxminan 21:15 atrofida sodir bo‘lganligini ma’lum qildi. Sababi soat 21:05 atrofida ularga qo‘ng‘iroq bo‘lgan. Shundan so‘ng 10 daqiqa o‘tib, ularni avtobus urib ketgan.

    “Yoz faslida kun uzun bo‘ladi. Voqea shom payti bo‘lgandi. Ammo haydovchi avtohalokat qorong‘ida bo‘lganligini aytmoqda”, — deydi Bekzod Asamov.

    Shahzod Ulug‘murodov

    Shahzod Ulug‘murodov
    Foto: “Daryo”

    Marhum Lochinbek Elmurodovning akasi Shahzod Ulug‘murodovning aytishicha, u kelganida Bekzod Asamov avtobusda bo‘lgan.

    “Otam tez yordamda ishlaydi. Voqea sodir bo‘lganidan so‘ng tez yordamga xabar berilganida chaqiriqqa otam kelgan. Kelib ko‘rsa, o‘zining o‘g‘li shu ahvolda yotibdi. Ular ukamga birinchi yordam berdik, deb aytyapti. Ammo tez yordam kelganida ularning o‘zlari bo‘lmagan, — deydi Shahzod Ulug‘murodov. — Otam hayajonlanganidanmi yoki o‘sha kungi voqeani eslagisi kelmagani uchunmi, bularni sizga aytib berish yodidan ko‘tarildi”.

    Foto: “Daryo”

    Shahzod Ulug‘murodovning ta’kidlashicha, voqeani 1989-yilda tug‘ilgan qishloqdoshi ham ko‘rgan. U YTHga uchraganlar qishloqdoshlari ekanligini ko‘rib, tez yordam va IIBga qo‘ng‘iroq qilgan. O‘sha paytda Lochinbek Elmurodov va Bekzod Asamov tut daraxtining tagida yotgan. Bekzod Asamov esa “Lochin qani?” deb ingrayotgan bo‘lgan.

    “Haydovchi o‘zi yordam qilganini aytyapti. Aslida tez yordamga ham qishloqdoshim qo‘ng‘iroq qilgan. Axir tez yordamdan otam kelgan-ku? Ukamni o‘zim mashinaga mindirdim. Yotgan vaqti ko‘zi qimirlaganday bo‘ldi. Borganimizda joni uzilib bo‘lgan ekan. Shunchalik qattiq urilganki, narsalari sochilib ketgan. Oddiygina urganida cho‘ntakdagi narsalari chiqib ketmas edi”, — deydi marhumning akasi Shahzod Ulug‘murodov.

    Foto: “Daryo”

    Jurnalistik surishtiruv davomida ma’lum bo‘lishicha, Ishtixon tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan haydovchi B.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari tamomlanib, B.M.ga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

    28.09.2020, 17:42   Izoh (0)   56928
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda haftaning birinchi qismida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

    28.09.2020, 17:27

    Qashqadaryodagi ayrim tumanlarda Yoshlar ishlari bo‘limlariga agentlik tavsiya qilgan nomzodlar emas, boshqalar tayinlandi. Chunki agentlikning xati “yuridik kuchg...

    28.09.2020, 17:12

    O‘zbekistonda 76 foizdan ortiq maktablar to‘laqonli faoliyatini tikladi

    28.09.2020, 16:56

    “6,5 mlrd so‘mga qurilgan ko‘prik quladi. Endi yo‘limiz ham shunday yaroqsiz bo‘lmasin” — qumqo‘rg‘onliklar

    28.09.2020, 16:11

    O‘zbekistonliklar Janubiy Koreyaga COVID-19’ga chalinmaganlik haqida soxta ma’lumotnoma bilan kelayotgani ma’lum qilindi

    28.09.2020, 15:58

    Toshkentdagi “Zarafshon” savdo-ko‘ngilochar markazi yonida sodir bo‘lgan janjal bo‘yicha IIBB munosabat bildirdi

    28.09.2020, 15:14
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yuziga ajin tushishidan qo‘rqib, 40 yil tabassum qilmay yashagan ayol hozir qanday ko‘rinishda?

    Layfstayl | 23 avgust, 12:45

    O‘zbekiston MOQ rahbarlari “Manchester Siti” klubi mehmoni bo‘lishdi

    Sport | 23 avgust, 12:30

    Uzbekistan Airports’ning 6,8 mlrd so‘mlik davlat xaridi qonunchilikka zid o‘tkazilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 12:25

    Tailandda qirolni haqorat qilgan sobiq bosh vazir va milliarder oqlandi

    Dunyo | 23 avgust, 12:05

    Dunyodagi eng keksa odam 116 yoshini nishonladi

    Layfstayl | 23 avgust, 11:45

    Avstriyada 289 kilolik mahbus soliq to‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 23 avgust, 11:30

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.