Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent shahrida qonunga xilof ravishda 224 000 AQSh dollariga kriptovalyuta sotgan shaxs qo‘lga olindi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura axborot xizmati.

Foto: EPA

Foto: EPA

Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departament va DXXning Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda fuqaro T.T. va boshqalar oldindan til biriktirib, noqonuniy daromad orttirish maqsadida, litsenziya olinishi shart bo‘lgan faoliyat turi bilan maxsus ruxsatnoma olmasdan shug‘ullanib, boshqa shaxsga 1b (bitkoin) elektron pul birligini 10 463 AQSh dollaridan hisoblab, 20b (bitkoin) elektron pul birligini o‘zining 7 foizlik ustamasi bilan hisoblab jami 224 000 AQSh dollariga sotgan vaqtida ushlangan.

Tadbir yakunida T.T.dan elektron pul birliklari sotuvidan tushgan 402 071 AQSh dollari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro T.T. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 177-moddasi 4-qismi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) va 190-moddasi 2-qismi (faoliyat bilan litsenziyasiz shug‘ullanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Andijonda kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan rahbarlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Mahalliy
O‘tgan yili birja bozorlarimiz rekord darajada o‘sdi — Respublika valyuta birjasi
Iqtisodiyot
“Rossiyaga qarshi eng yaxshi strategik javob”: Ukraina farmatsevtika kompaniyasi O‘zbekistondagi “Reka-Med”ni sotib oldi