• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.32
    • RUB161.89
    • EUR14822.1
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda 2 mingdan ortiq fuqarolarning 1,7 mln dollarini qo‘lga kiritgan kripto-firibgar mamlakatdan chiqib ketgani ma’lum bo‘ldi

    World Crypto Capital kompaniyasi rahbari Aleksey Meng O‘zbekistonda 2 mingdan ortiq fuqaroning jami 1,7 million dollarini qo‘lga kiritib, mamlakatdan chiqib ketgan. Bu haqda huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga tayanib, UzNews xabar berdi.

    Foto: UzNews

    Foto: UzNews

    Ma’lum qilinishicha, 29 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Aleksey Meng World Crypto Capital MChJga rahbarlik qilgan va www.icgexpert.com internet portali orqali firibgarlik sxemasi asosida fuqarolardan pul mablag‘lari jalb qilish bilan shug‘ullangan. Unga nisbatan xalqaro qidiruv e’lon qilingan.

    Mazkur portal orqali firibgarlik yo‘li bilan 2 mingdan ortiq o‘zbekistonlikdan 1,7 million dollar jalb qilingan.

    Jalb qilingan pul mablag‘larini o‘zlashtirish uchun Aleksey Meng va uning sheriklari 2019-yilning dekabr oyida kompaniya faoliyatini to‘xtatgan va O‘zbekistondan chiqib ketgan.

    Kompaniya yopilganidan keyin Aleksey Meng Moskvada ta’tilda ekanligini aytib, mijozlarni ishontirishda davom etgan. Biroz vaqtdan keyin elektron platformaning o‘zi ham g‘oyib bo‘lgan. O‘sha paytda kompaniya tomonidan berilgan shartnomasi bo‘lgan kishilar mazkur shartnomalar 100 ming so‘mlik konsalting xizmati uchun tuzilganini aniqlashgan.

    Kompaniya 2018-yil oxirida o‘z xizmatlarini ommabop OAVlarida faol reklama qilishni boshlagan. U o‘zini O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotning rivojlanishiga, blokcheyn haqida ma’lumotlarning mavjudligi va aholining daromadlarini oshirishga ko‘maklashuvchi tashkilot sifatida ko‘rsatgan. Keyinchalik kompaniya internet, shuningdek, uning xizmatlaridan foydalanganlar orqali mashhur bo‘lishni boshlagan.

    Foto: UzNews

    Foto: UzNews

    Kompaniya loyihasiga pul tikuvchilar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri maslahatlashishda kompaniya xodimlari ularga qonuniy to‘lov vositasi bo‘lgan kriptovalyuta sotib olishlarini tushuntirgan. Shu bilan birga, har bir omonatchida elektron resursda shaxsiy kabinet mavjud bo‘lib, unda omonat miqdorini ham, mablag‘larning kelib tushishini ham kuzatish mumkin edi. Ayrim ehtiyotkor fuqarolar tomonidan o‘tkazib beriladigan summa nega shartnomada ko‘rsatilmaganligi haqida so‘ralganda, xodimlar barcha summalar foydalanuvchining shaxsiy kabinetida ko‘rsatilishiga ishontirgan.

    Kompaniyaning menejerlari va maslahatchilari qurboniga aylangan fuqarolarning so‘zlariga ko‘ra, dastlabki to‘lov 1000 dollar bo‘lgan, bir hafta ichida 500 dollar mijozlarga qaytarilgan. Omonatlardan dividendlar olinganligi sababli kompaniya boshlang‘ich mablag‘lar miqdorini oshirishni talab qilgan.

    Bugungi kunga kelib, O‘zbekistonda sodir etilgan moliyaviy firibgarliklar sababli jinoiy javobgarlikdan qochish uchun Aleksey Meng Facebook ijtimoiy tarmog‘ida Alex Meng profili orqali mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risida provokatsion kampaniya o‘tkazmoqda.

    Aleksey Meng va uning sheriklariga nisbatan O‘zbekistonning vakolatli organlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismining “a”, “v” bandlari (Uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab juda ko‘p miqdorda sodir etilgan firibgarlik), 188-1-moddasi 3-qismining “a” va “v” bandlari (Uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab juda ko‘p miqdorda pul mablag‘larini va (yoki) boshqa mol-mulkni jalb etishga doir noqonuniy faoliyat) va 190-modda 2-qismining “a”, “v” bandlari (Bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib juda ko‘p miqyosda litsenziyasiz faoliyat yuritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

    Mavzuga doir: 

    • O‘zbekistonda kriptovalyuta bilan to‘lovni amalga oshirish man etildi
    • Toshkentda bitkoin savdosi bilan noqonuniy shug‘ullanib, 3 mln dollar ayirboshlagan shaxs qo‘lga olindi
    • O‘zbekistonda tarmoq marketingi asosida ishlovchi yangi turdagi moliyaviy piramidalar paydo bo‘layotgani ma’lum qilindi

    25.07.2020, 11:12   Izoh (0)   92032
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda bir kechada yana 242 kishida koronavirus aniqlandi. O‘zbekistonda kasallanganlarning umumiy soni 19 653 nafarga yetdi

    25.07.2020, 10:12

    Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga chalingan Qonliko‘l tumani hokimining o‘limini tasdiqladi

    25.07.2020, 10:06

    “U ham e’tirofga loyiq edi” — koronavirusdan vafot etgan SEOM xodimining opasi

    25.07.2020, 09:52

    Buxoro hokimligi kislorod konsentratorlari Medtexno trade xususiy korxonasidan xarid qilinganini ma’lum qildi

    25.07.2020, 09:09

    Ikki zapravka orasida klinika qurishga ruxsat bergan Qarshi shahar hokimi sudda tadbirkorga yutqazdi

    25.07.2020, 08:08

    Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi. Sobiq boshliq viloyat hokimidan “mas’uliyatsiz rahbar” nishonini olgandi

    25.07.2020, 07:47
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Kapitalbank Top Employers Institute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    CAEx Mebel & Decor 2025 ko‘rgazmasi 13-15-sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Chiroyli davlat raqami va 1 yillik transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasiga ega HAVAL


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir

     

    Tavsiya etamiz

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Latviya davlat xizmatchilarining Rossiya va Belarusiyaga borishini taqiqladi

    Dunyo | 10 iyul, 00:05

    Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasidagi mojaro: nega bu ikki tomonlama ziddiyat Markaziy Osiyoda aks-sado bermoqda?

    Dunyo | 9 iyul, 23:45

    Joze Mourinyo sobiq shogirdini “Fenerbahche”ga olib kelmoqchi

    Sport | 9 iyul, 23:30

    “Ikki marta ko‘rgan insonimga turmushga chiqqanman”. Shahzoda Muhammedova oilasi, farzandlari va biznesi haqida gapirdi

    Shou-biznes | 9 iyul, 23:25

    Toshkent 20 yildan keyin qay ko‘rinishda bo‘ladi? Prezidentga yangi reja taqdim etildi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:50

    The Guardian: Grok sun’iy intellekti natsistga aylandi va o‘zini MexaGitler deb atadi

    Dunyo | 9 iyul, 22:45

    O‘zbekistonga go‘sht importi keskin ko‘paydi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.