LG Electronics Inc. kompaniyasi 2017-yilda ishga tushirilgan Pra.L byuti-gadjetlar lineykasi doirasida soch to‘kilishiga qarshi yordam beradigan shlem ko‘rinishidagi qurilmani yaratdi. Bu haqda Instagram’dagi Hypebeastkr akkaunti orqali ma’lum qildi.
Pra.L MediHair qurilmasi androgenetik alopetsiyani davolashda past intensiv lazer terapiyadan foydalanadi. Shlemda 146 ta lazer manbasi va 104 ta LED lampalar bo‘lib, ular soch o‘sishiga ko‘maklashadi. Seul milliy universiteti tomonidan o‘tkazilgan klinik sinovlarga ko‘ra, Pra.L MediHair’dan haftasiga uch marta 16 hafta davomida foydalanish bemorlar sochining mustahkamlanishiga va ularning to‘kilishini sekinlashtirishga yordam bergani aniqlangan.
Eslatib o‘tamiz, 2018-yilda o‘tkazilgan tadqiqotlar chog‘ida britaniyalik olimlar osteoporozni davolash uchun ishlatiladigan doridan soch to‘kilishining oldini oluvchi vosita sifatida foydalanish mumkinligini aniqlagan edi.
Izoh (0)