Yaponiya 1-oktabrdan sayohat cheklovlarini yumshatish va mamlakatda uch oydan ortiq qolishni rejalashtirgan xorijliklarning davlat hududida qolishiga ruxsat berish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Kiodo agentligi xabar berdi.
Ayni vaqtda jami 159 ta mamlakat fuqarolarining Yaponiya hududiga kirishi taqiqlab qo‘yilgan. Asahi gazetasining yozishicha, rasmiylar xorijliklarning mamlakatga turizmdan tashqari boshqa maqsadlar uchun ham kirishini ta’minlash harakatiga tushgan.
Noyabr oyida Yaponiyaning Tokio, Osaku, Fukuoku, Nagoya va Sapporo kabi yirik shaharlaridagi xalqaro aeroportlar kuniga 20 ming kishini qabul qilishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.
Mavzuga doir: Yosixide Suga Yaponiyaning yangi bosh vaziriga aylandi
Izoh (0)