Toshkent–Samarqand–Toshkent yo‘nalishida yuqori tezlikda harakatlanuvchi Afrosiyob poyezdining qo‘shimcha qatnovi yo‘lga qo‘yiladi, deya xabar bermoqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ.

Foto: “Daryo”

Qayd etilishicha, bunda yo‘lovchilarga ko‘proq transport xizmatlarini ko‘rsatish maqsad qilingan.

Afrosiyob poyezdining qo‘shimcha qatnovi 2020-yil 26-sentabrdan boshlab, haftasiga ikki marotaba, shanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temiryo‘l kassalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olish mumkin.