Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumani bosh imom-xatibi Tohir domla Ismatillayev vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, marhum diniy sohada ko‘p yillar samarali xizmat qilgan. U Yakkabog‘ tumani bosh imomi bo‘lish barobarida “Eski Qo‘rg‘on” jome masjidida imom-xatiblik qilgan.
Qo‘mita tomonidan berilgan xabarda imomning vafoti sababi ma’lum qilinmagan.
Avvalroq Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Xayrulloh Turmatov 44 yoshda vafot etgani xabar berilgan edi. U koronavirusdan davolanayotgan bo‘lgan.
Izoh (0)