Yaponiyalik ayol futbolchi Yuki Nagasoto erkaklar jamoasida o‘ynaydi, deya xabar bermoqda ESPN.
Xabarga ko‘ra, 33 yoshli futbolchi so‘nggi uch yil ichida Amerikaning “Chikago Red Starz” ayollar jamoasida harakat qilgan. Nagasoto ijara asosida vataniga “Xayabusa Eleven” klubiga o‘tdi. Shu tariqa u Yaponiya tarixida erkaklar jamoasida o‘ynaydigan ilk ayol futbolchiga aylandi.
Nagasoto faoliyatini Yaponiyaning “NTV Beleza” klubida boshlagan, 2010-yilda Yevropaga ketadi. U yerda esa u ko‘p vaqtni Germaniyada o‘tkazgan.
Ma’lumot uchun, Yuki 2004-yildan buyon Yaponiya terma jamoasiga chaqiriladi. Terma jamoa tarkibida u 2011-yilda Jahon chempioni bo‘lgan, 2015-yilda esa Jahon Kubogida kumush medalga ega chiqqan. Shuningdek, 2012-yilgi Olimpiya o‘yinlarining kumush medaliga ham ega chiqqan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)