“Nasaf” bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev Coca-Cola Superliga 14-turidan o‘rin olgan “Qizilqum”ga qarshi o‘yindagi g‘alabadan (4:0) keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Natija biz kutgandek bo‘ldi. G‘alaba uchun maydonga tushgandik. O‘yinga tuzgan rejamiz ham amalga oshdi. “Qizilqum” tarkibida tajribali futbolchilar ko‘p edi, so‘nggi o‘yinlarda ular to‘pni o‘zlarida ushlab tura olayotgandi. Raqib to‘pga egalik qilayotgan paytda ularga bosim o‘tkazishimiz kerak edi va buni yigitlar juda yaxshi uddaladi. Shuningdek, biz raqibga qaraganda chaqqonroq o‘ynashimiz kerak edi. O‘ylaymanki, buni ham yigitlar yaxshi bajarganini barcha ko‘rdi. Vaziyatlarning barchasidan ham foydalana olmadik.“Nasaf” mazkur g‘alaba evaziga ochkolarini 26 taga yetkazib olgan holda 3-o‘ringa ko‘tarildi. Jamoa keyingi turda “Andijon” bilan o‘ynaydi.Tan olish kerak, Nesterov jamoani bir necha yaqqol golli vaziyatlarda qutqarib qoldi. Bu o‘yinda 3 ochko olish uchun to‘rtta gol yetarli bo‘ldi. Hozirgi futbolning talabi — tezroq harakat qilish va tezroq o‘ylash kerak. Futbolchilarni shunga o‘rgatyapmiz. Raqibga bosim o‘tkazib, to‘pni iloji boricha ushlab turish kerak. Futbolchilarim buni eplayapti.
Yirik hisobda g‘alabaga erishishni reja qilgandik. Nesterov haqida qancha gapirsangiz ham, ta’rif bersangiz ham juda oz. Nesterov futbolimiz afsonasi, u o‘zbek futboli uchun ko‘p narsa bergan. Umuman olganda raqiblar tarkibidagi ko‘plab futbolchilar tajribali edi. Shunday raqibni ko‘rib, sizlar yirik hisobda yutasiz, deyishganida ko‘pchilik ishonmasdi. Lekin biz uchun o‘yin shunday yaxshi kechdiki, biz vaziyatlarni golga aylantira oldik. Shu sababdan raqiblar ochilishga majbur bo‘ldi va qarshi hujumlardan unumli foydalandik.
Traoreni “Dinamo”ga ijaraga bermoqchi edik. Biroq ular negadir buni istamadi. Unga imkoniyat beramiz, u yuqori potensialli futbolchi. Gavdasiga nisbatan texnikasi ham yaxshi. Shu boisdan uni asosiy tarkibga kira oladigan futbolchi sifatida yetishtira olamiz, degan umiddamiz va bunga harakat qilamiz.
“Nasaf” logotipining o‘zgarishi? Bu muxlislarning talabi edi. Biz muxlislar uchun barchasiga tayyormiz. Klubdagi insonlar bu borada jiddiy ishladi va almashtirishdi. Muxlislarga yoqqan bo‘lsa bo‘ldi.
Ro‘ziqul Berdiyev, “Nasaf” bosh murabbiyi
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)