“Barselona” va “Manchester Yunayted” sobiq bosh murabbiyi Lui van Gal “Lion” hujumchisi Memfis Depayning katalonlar safiga o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlarga sharh berdi.
Avvalroq Depay “Barselona” bilan shaxsiy kelishuvga erishgandi xabar qilingandi.
“Hamma vaqt savollar bo‘ladi. Depay — qiziqarli futbolchi, biroq u yangi madaniyat, jamoa va ilk mavsum sindromiga qay darajada moslasha olishini ko‘rish kerak. Birinchi mavsum juda qiyin kechadi, Matteys de Ligt va Frenki de Yongga qarang.
Depayda iqtidor bor, ammo u Messi va Ronaldu emas”, — deydi niderlandiyalik mutaxassis.
Depay 2019/20-yilgi mavsumda Fransiya chempionatida 22 o‘yin o‘tkazib 15 ta gol urishga erishdi. Memfis dekabr oyida jiddiy jarohat oldi va faqat koronavirusdan keyingi restartdan so‘ng safga qaytdi. 2020/21-yilgi mavsumning ilk o‘yinida futbolchi “Dijon” darvozasiga uchta to‘p kiritdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)