Fransiya terma jamoasi hujumchisi Antuan Grizmann Millatlar Ligasi doirasida o‘tkazilgan Xorvatiyaga qarshi uchrashuvda (4:2) o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ydi.
Grizmann uchun ushbu gol terma jamoa safidagi 31-gol bo‘ldi. Shu tariqa “Barselona” forvardi mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha Zinedin Zidanga yetib oldi va Fransiya tarixidagi beshinchi eng yaxshi to‘purarga aylandi.
Birinchi o‘rinda 51 ta gol bilan Tyerri Anri borayotgan bo‘lsa, ikkinchi o‘rindan Mishel Platini (41 ta gol) joy olgan. Olivye Jiru esa (40 ta gol) bilan kuchli uchlikka yakun yasab bergan.
Ma’lumot o‘rnida, 29 yoshli Grizmann La Liga 2019/20-yilgi mavsumida 35 o‘yin o‘tkazib, 9 ta gol va 5 ta golga mualliflik qildi.
Mavzuga doir:
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)