Fransiyada istiqomat qiluvchi 80 yoshli erkak pashshani o‘ldirmoqchi bo‘lib, uyining yarmi vayron bo‘lishiga sababchi bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, tushlik qilmoqchi bo‘lgan qariya pashshaga ko‘zi tushgan va xalaqit bermasligi uchun elektr pashsha o‘ldiradigan uskuna “muxaboyka”dan foydalanmoqchi bo‘lgan. Bu vaqtda uyda gaz ballondan gaz sizib chiqayotgan bo‘lgan va “muxaboyka” uchquni sabab portlash yuz bergan.
Erkakning qo‘li kuygan va Liburn shahridagi shifoxonaga yotkizilgan. Portlash oqibatida oshxona va uy tomining bir qismi vayron bo‘lgan, deyiladi xabarda.
Izoh (0)