Amerikaning Chikago shahrida Amazon servisi kuryerlari o‘zlarining mobil telefonlarini daraxtlarga ilib ketmoqda. Bu orqali ular tizimni aldab, ko‘proq buyurtma olishga urinyapti, deb yozadi Bloomberg.
Ayyor xodimlar Amazon Flex servisi yetkazib beruvchilari hisoblanadi. Ishlash prinsipi quyidagicha: mijoz biror narsa buyurtma qiladi, servis buyurtmani eng yaqin nuqtada turgan haydovchiga beradi.
Kuryerlar esa o‘z telefonlarini buyurtma beriladigan firma do‘konlari va punktlari yaqinidagi daraxtlarga ilib ketadigan bo‘lgan. Natijada tizim kuryer yaqin joyda joylashganini ko‘rib, buyurtmani unga topshiradi.
Bu kabi ayyorlikka kompaniyaning bosh xodimlari e’tibor qaratgan. Ta’kidlanishicha, ayrim kuryerlar buyurtmalarga “ko‘milib ketgan”.
Amazon bu borada tekshiruv o‘tkazishga va’da bergan.
Avvalroq Amazon AQShda tovarlarni dronlar yordamida yetkazib berishga ruxsat olgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)