• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    Toshyurak yovuz Katoni mavh etgan shahzoda Mio haqidagi film qanday suratga olingan? (foto)

    Bir kuni ayol bog‘da sayr qila turib, o‘rindiqlarning birida yolg‘iz va ma’yus holda o‘tirgan bolakayni ko‘rib qoladi. Uning uchun bu holatning o‘zi yetarli bo‘ldi. Bola hamon o‘rindiqda o‘tirar, uni allaqachon o‘zi ixtiro qilgan ajoyib mamlakatga olib ketgan ayolning ismi esa bolalar yozuvchisi Astrid Lindgren edi.

    Foto: “fishki.net”

    Foto: “fishki.net”

    Astrid Lindgren ertagidagi bolalar o‘z tasavvuri bilan mo‘jiza yaratadi. Yolg‘iz yoki qashshoq, o‘zlari uchun do‘st va istalgan boshqa olam kabilar. Shunday qilib, o‘rindiqda sovuq yeb o‘tirgan, “Mio, bolajonim Mio” filmining bosh qahramoni Bosse qayerdadir baxtli va nurafshon mamlakat borligiga va u yerda otasi uni kutayotganligini orzu qiladi.

    Foto: “fishki.net”

    Foto: “fishki.net”

    Bosse – uni asrab olgan ota-onalar tomonidan unchalik ham yaxshi qabul qilinmagan yetim bola. U kuzning salqin bir kunida otasini izlash niyatida uydan qochadi. Aynan shu yerda mo‘jiza sodir bo‘ladi, u shisha idishga qulflangan Ruhni topib, ozod qiladi. Ular bir necha yildan buyon o‘g‘lini izlayotgan qirolning “Orzular mamlakati”ga otlanadi…

    Foto: “fishki.net”

    Foto: “fishki.net”

    Shunday qilib stokgolmlik Bosse shahzoda Mioga aylanadi. Orzular mamlakatida u nafaqat otasini topadi, balki yangi do‘sti Yum-Yum bilan ham uchrashadi va undan sovg‘a sifatida sehrli ot ham oladi. Ammo Mio “Orzular mamlakati”da ham yovuzlik borligini tez orada bilib qoladi. Yurak o‘rniga tosh, qo‘l o‘rniga temir panjasi bo‘lgan yovuz Ritsar Kato o‘z qal’asi atrofidagi yerlarni O‘lik o‘rmonga aylantirib bo‘lgan edi. Kato bolalarni o‘g‘irlab, ularni o‘ziga xizmatkor qilar, unga bo‘ysunmaydiganlarni O‘lik o‘rmon va Qora qal’a atrofida uchadigan abadiy qushga aylantiradi. Yovuz ritsarni faqat qirolning o‘g‘li Mio mag‘lub etishi mumkin. Albatta, Mio Kato bilan kurashda g‘olib bo‘ladi, uning tosh yuragini teshadi va “Orzular mamlakati”dagi bolalarni asirlikdan ozod qiladi. Ezgulik doimo yovuzlik ustidan g‘alaba qilishini isbotlaydi.

    Foto: “fishki.net”

    Foto: “fishki.net”

    1985-yil shved prodyuserlari SSSRga asarni ekranlashtirish masalasi bo‘yicha taklif bilan chiqadi va ularga uchta rejissor − Aleksandr Mitta, Sergey Solovyov va Vladimir Grammatikovni tavsiya qilinadi. Ularning tanloviga “Mo‘ylovli enaga” komediyasini suratga olgan Vladimir Grammatikov to‘g‘ri keladi.

    Foto: “fishki.net”

    Foto: “fishki.net”

    Nomzod Grammatikov suratga olish ishlaridan avval Astrid Lindgren bilan uchrashgan va u tomonidan ma’qullangan. Suhbat davomida u Grammatikovdan hayotini necha yilini eslay olishini va aytib berishini so‘ragan. Grammatikov unga ikki yarim soat davomida hayotidan parchalar aytib berdi va shundan so‘ng Lindgren “yaxshi film bo‘ladi”, deya ishonch bildirgan.

    Foto: “fishki.net”

    Foto: “fishki.net”

    Film xalqaro bo‘lganligi uchun ingiliz tilida suratga olinishi kerak edi va Mio va Yum-Yumning roliga Grammatikov Sovet tashqi ishlar vazirligi konsullik bo‘limining maslahati bilan ingliz tilida so‘zlashadigan mamlakatda o‘qiydigan va ushbu tilda gapira oladigan sovet diplomatlari farzandlarini sinab ko‘rmoqchi bo‘ldi.

    Foto: “fishki.net”

    Foto: “fishki.net”

    Biroq tez orada Grammatikov ushbu tashabbusdan voz kechishga majbur bo‘ldi, sababi sinovga kelgan bolalar juda bo‘shashgan bo‘lib, romantik qahramonlarning talab qilinadigan turiga umuman mos kelmasdi. Natijada u teatr maktablariga 70 ta savoldan iborat so‘rov yuborib, Angliyadagi talabgorlarni izlashga tushdi.

    Foto: “fishki.net”

    Foto: “fishki.net”

    Londonga uchib ketgan Grammatikov xonasidan chiqmadi, u 70 ta savolga javob bergan bolalarning videofilmlarini tomoshqa qildi. Ulardan 65 tasini yoqtirdi va tanlanganlari etyud improvizatsiyaga taklif qildi. U yerda nomzodlarni ikkiga bo‘lib, hissiy sahna – bir bola do‘stidan uning kuchugini o‘ynatib turishni so‘raydi, chunki o‘ziniki kasal va bola kuchukni o‘ynatgani olib, uning egasiga qayg‘uli xabarni − kuchugini mashina urib yuborganini ijro etishi kerak edi. Afsuski, ertasi kuni janjal boshlanadi, Grammatikov kasaba uyushmasi tomonidan sud bilan tahdid qilinadi, chunki u bolalarning ota-onalari va agentliklar tomonidan kelishmagan, Grammatikov ham buni xohlamagan edi.

    Tanlovning final qismiga 18 ta bola keldi va ular bu safar onasi oilasini tark etayotgan bolani ijro etishi kerak va ular onasini qolishga ko‘ndirishi kerak bo‘ldi. Bu shartda Nik Pikkard va Kristian Beyl tanlab olindi.

    Nik (Nikolas) Pikkard

    Foto: “fishki.net”

    Foto: “fishki.net”

    Nik (Nikolas) pikkard 1975-yil 16-aprelda Londonda tug‘ilgan. U 11 yoshida “Mio, bolajonim Mio” ertak-filmida bosh qahramon rolini ijro etdi. Aktyor keyinchalik drama kollejida dramaturgiya yo‘nalishi bo‘yicha tahsil oldi. Teatrlarda Uilyam Shekspir va Henrik Ibsenning asarlarini sahnalashtirdi. 1995-yil “Xolliox” teleseriali yulduziga aylandi.

    Kristian Charlz Filipp Beyl

    Foto: “fishki.net”

    Foto: “fishki.net”

    Kristian Charlz Filipp Beyl 1974-yil 30-yanvarda Uelsda tug‘ilgan. Beyl o‘zining ilk debyutini 1983-yil britan televideniyasidagi reklamaga suratga tushishdan boshlagan. Oradan bir yil o‘tib teatrda rol ijro etgan. Uning kinodagi ilk faoliyati “Mio, bolajonim Mio”dagi ijrosidan boshlangan.

    Foto: “fishki.net”

    Foto: “fishki.net”

    Filmni suratga olish 1986-yil Moskvadagi Gorkiy nomidagi kinostudiyada, Mio va Yum-Yum o‘lim minorasida qamalgan sahnadan boshlangan. Rassom Konstantin Zagorskiy uchun minoraning ichki shaxta dizayni bunday janrdagi birinchi tajriba bo‘ldi. Barcha pavilyon hamda Mio va Katoning o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan jang sahnasi ham Moskvada suratga olindi. Keyin prodyuserlar filmning kirish qismini Stokgolmda olishni boshladi. Mio qo‘lga kiritgan Ruhning soqoli Yaltadagi kinostudiyada arqon ipidan yasalgan va uzunligi 6 metrni tashkil qilgan. Soqol maxsus gidravlik uskunasiga biriktirilgan, Mio va Ruhning Stokgolm ustidan uchib o‘tish montajlari hech qanday maxsus effektsiz suratga olingan. Shundan so‘ng suratga olish ishlari Qrimda davom etdi. U yerda Uzoq mamlakatning sahnalari va bolalar sayohati haqidagi aksariyat qismlari suratga olindi. Kato qal’asining prototipiga Shotlandiyadagi “Eylen Donan” qal’asi xizmat qildi. Suratga olish ishlari o‘sha yilning oxirida yakunlandi.

    Foto: “fishki.net”

    Foto: “fishki.net”

    Ukrainada aprel oyida bo‘lib o‘tayogan suratga olish ishlari vaqtida Chernobil voqeasi sodir bo‘ldi va ijodiy guruhdagilar bir oyga evakuatsiya qilindi. Aktyor Kristian Beylning 2008-yildagi “Details”ga bergan intervyusida aytishicha, suratga olish maydoniga qaytganida so‘ng ekipaj a’zolaridan kimdir har doim ovqatlanishdan avval maxsus tekshiruv o‘tkazgan.

    Nik Pikkardning barcha tryuklari 13 yashar yaltalik Yelena Stupakova tomonidan amalga oshirilgan. Dastlab Grammatikov bunga qarshi bo‘lgan, ammo suratga olish maydoniga tashrif buyurgan Yelenani ko‘rgach fikridan qaytgan. Sababi u Pikkardga juda o‘xshash edi. Mio va Katoning o‘rtasidagi jang sahnasida aynan Stupakovaning yuzi Lining qilichi bilan to‘sib qo‘yilgan, Pikkard esa yaqin masofadan suratga olingan.

    Foto: “fishki.net”

    Foto: “fishki.net”

    Shved ertakchisining “o‘ng qo‘l o‘rniga temir panja, yovuz ritsar Kato u bilan odamlarning qalbini yorib tashlaydi” mavzusidagi fantaziyasiga rassom Sergey Mikulskiy tomonidan metall bilan ishlov berilgan. Astrid Lingrenning ta’rifi uch so‘z bilan cheklanganligi sababli  u tashqi ko‘rinishni ham, vazifaviylikni ham o‘ylashiga to‘g‘ri keldi. Ritsar Kato rolini ijro etgan afsonaviy ingliz aktyori o‘zining kinogalereyasidagi salbiy obrazlari bilan mashhur Kristofer Li “temir panjani”ni sinab ko‘rish uchun kelgan. “U rafiqasi bilan mening studiyamda edi”, − deydi Sergey Mixaylovich. – U juda ham mehribon odam bo‘lib chiqdi, hech qanaqasiga g‘alati emas. U temir panjani ko‘rib, hayratdan yoqa ushladi”.

    Foto: “fishki.net”

    Foto: “fishki.net”

    Film haqida qiziqarli faktlar

    Filmni suratga olish ishlari Qrim, Shotlandiya va Shvetsariyada bo‘lib o‘tgan. Film Yevropada 1987- yilda, Amerikada 1988-yildan namoyish etilgan. Film budjetiga 5 million dollardan ko‘proq mablag‘ sarflandi va Astrid Lindgren asarini ekranlashtirishda eng ko‘p pul sarflangan film bo‘lib qoldi.

    Foto: “fishki.net”

    Foto: “fishki.net”

    Filmda asosiy musiqa “ABBA” guruhining ikki sobiq a’zosi Benni Anderson va Byor Ulveus tomonidan yozilgan hamda shved dueti “Gemini” tarafidan kuylangan.

    Orzular mamlakatidagi barcha sahnalar yaltadagi “Quyi Oreanda” sihatgohida suratga olingan.

    Foto: “fishki.net”

    Foto: “fishki.net”

    Ruh va Bosse qirol saroyiga uchib ketadigan sahnasi qaldirg‘och uyasida suratga olingan.

    Foto: “fishki.net”

    Foto: “fishki.net”

    Grammatikovning eng yaxshi kashfiyoti bu Yum-Yum rolini ijro etgan Kristian Beyl edi. Uelsdan kelgan o‘spirin bola qoshi ostidan mungli qarashga ega bo‘lgan aktyorga aylandi. Beylning aytishicha, filmdagi debyutdan so‘ng u aktyorlikdan boshqasini o‘ylamay qo‘ydi. Uni film namoyishidan so‘ng bir qancha filmlarga taklif etishdi.

    Foto: “fishki.net”

    Foto: “fishki.net”

    Yovuz odam Katoni Kristofer Li ijro etgan. An’anaviy salbiy rollarda namoyon bo‘luvchi aktyorning eng mashhur obrazi “Uzuklar hukmdori”dagi Saruman qahramoni.

    Foto: “film.ru”

    Foto: “film.ru”

    Mioning rolini ijro etgan Nik Pikkarda ham kinodagi faoliyatini davom ettirdi. U ko‘p yillar davomida Britaniyaning “Xollioks” teleserialidan rol ijro etdi.

    Mavzuga doir:

    • Foto: “Taqdir hazili yoki qushdek yengil bo‘ling” filmi aktyorlari 44 yildan so‘ng
    • “Ishdagi ishq” filmi aktyorlari 40 yildan keyin qanchalik o‘zgardi? (foto)
    • “Kavkaz asirasi” filmi yulduzi Natalya Varley 73 yoshga to‘ldi (foto)

    06.09.2020, 14:44   Izoh (0)   41163
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Santa-Barbara” seriali aktyori Piter Likassi o‘z joniga qasd qildi

    04.09.2020, 20:19

    Foto: “Taqdir hazili yoki qushdek yengil bo‘ling” filmi aktyorlari 44 yildan so‘ng

    04.09.2020, 11:46

    Sovet davridagi eng qo‘rqinchli kino — “Boshsiz chavandoz” qanday suratga olingan? Film aktyorlari taqdiri qanday kechdi?

    03.09.2020, 20:23

    Pandemiya boshlanganidan buyon ilk yirik madaniy tadbir — Venetsiya kinofestivaliga start berildi (foto)

    03.09.2020, 18:23

    Marg‘ilon shahar musiqali maqom teatri aktyori Kimsanboy Sobirov vafot etdi

    03.09.2020, 11:33

    “Esmeralda” Shohida Uzoqovaning ovozi bilan “gapirganiga” 19 yil to‘ldi. O‘tgan vaqt ichida serial qahramonlarining taqdiri qanday kechdi?

    02.09.2020, 20:23
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.