“Kavkaz asirasi” filmidagi Nina obrazi bilan yaxshi tanish bo‘lgan Natalya Varley 22-iyun kuni 73 yoshni qarshiladi.

Foto: Getty Images

Natalya 1947-yilda Ruminiyaning Konstansa shahrida dunyoga kelgan. Bolaligidan ijodga qiziqqan bo‘lajak aktrisa she’r yozish, surat chizish, musiqa hamda akrobatika bilan shug‘ullangan. Maktabni bitirganidan keyin Moskva sirk va estrada san’ati bilim yurtiga qabul qilingan.

Foto: Getty Images

U aktrisalik faoliyatini 1966-yilda filmlarda epizodik rollarni ijro qilishdan boshlagan. Haqiqiy omad esa 1967-yilda suratga olingan va hali hanuz muxlislar uchun sevimli bo‘lgan “Kavkaz asirasi” filmidan keyin kulib boqqan. Film rejissori Leonid Gayday Varleyda “haqiqiy komsomol” timsolini ko‘rgan.

Foto: Getty Images

Ilk muvaffaqiyatidan keyin aktrisa to‘xtab qolmagan. Shukin nomidagi teatr bilim yurtiga keyin bo‘lsa Adabiyot institutida o‘qishni davom ettirgan.

Foto: Getty Images

Izlanuvchan aktrisa nafaqat yorqin rollarni ijro qilgan, balki o‘zi ijro qilgan qo‘shiqlar diskini chiqarish, bir qancha xorijiy filmlarga ovoz berish hamda ko‘rsatuvlarda boshlovchilik qilish va teatr fakultetida dars berishga ham muvaffaq bo‘lgan. Shularning o‘z bilan cheklanib qolmagan aktrisa o‘zining biografik “Dorboz” nomli kitobini ham taqdim qilishga ulgurgan.

Foto: Getty Images

U uchun muvaffaqiyat olib kelgan Nina obrazi xuddi aktrisa hayotidan olinganga o‘xshaydi. Chunki u darhaqiqat talaba, komsomol hamda sportchi bo‘lishni qoyillatgan.

Foto: “RIA Novosti”