Toshkent viloyati Bekobod tumanidagi “APK Bekobod” unitar korxonasi klasteriga AQShdan 8 dona paxta terish kombayni olib kelindi. Bu haqda viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bu turdagi kombaynlardan yana 16 dona keltirish ko‘zda tutilgan.
Ta’kidlanishicha, AQShdan olib kelingan John Deere rusumli paxta terish kombaynini qabul qilishda tuman hokimi Furqat Xudoyberdiyev, tuman prokurori va IIB boshlig‘i ishtirok etgan.
John Deere rusumli paxta terish kombayni (4 qatorli) bo‘lib, bir kunda 150 tonnagacha paxta hosilini terib olish imkoniyatiga ega.
Hokimlik matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu rusumdagi paxta terish kombaynining har bir donasi 750 ming dollardan xarid qilingan.
Avvalroq 2020-yilgi paxta yig‘im-terimi mavsumida bir kilogramm paxta uchun qancha to‘lanishi ma’lum qilingan edi.
Izoh (0)