• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev o‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha islohotlar tahliliga bag‘ishlangan videoselektor o‘tkazdi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha islohotlar natijadorligi tahliliga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bergan.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    “Iqtisodiyotning resurs bazasini kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, ekologiyani yaxshilashda o‘rmon xo‘jaligi juda muhim o‘rin tutadi. Shuning uchun ham oxirgi uch yilda bu sohani jadal rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilib, O‘zbekistonda o‘rmon fondi yerlari 12 million gektarga yetkazildi.

    Jumladan, Orol dengizining 1,2 million gektar qurigan tubida ihota daraxtzorlari barpo etildi. Oborotdan chiqib ketgan 10 ming gektar o‘rmon xo‘jaligi yerlari o‘zlashtirildi, 5 yarim ming gektarda yong‘oq, 4 ming gektarda oziq-ovqat ekinlari va dorivor o‘simliklar plantatsiyalari tashkil etilib, 3 mingta yangi ish o‘rni yaratildi. O‘rmon xo‘jaliklarida birinchi marotaba 64 ta biolaboratoriya tashkil etildi”, — deyiladi xabarda.

    Qayd etilishicha, yig‘ilishda bu borada hali ishga solinmagan imkoniyatlar ko‘pligi ta’kidlanib, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilangan. Sohada xususiy sektorni jalb qilgan holda o‘rmon yerlarini o‘zlashtirish, yilqichilik, chorvachilik, urug‘chilik, ko‘chatchilik, turizmni keng yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilingan.

    Yana 50 ming gektar o‘rmonzor barpo etib, Jizzax, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo, Qashqadaryo, Namangan hamda Toshkent viloyatlarida yong‘oq, pista va bodom plantatsiyalari tashkil qilish imkoniyati borligi ko‘rsatib o‘tilgan.

    Prezident mebelsozlik korxonalari xomashyoning 90 foizini import qilayotganidan kelib chiqib, ularga klaster usulida pavlovniya va boshqa mebelbop daraxtlar yetishtirish uchun yer ajratish bo‘yicha topshiriq bergan.

    Shavkat Mirziyoyev o‘rmon fondi yerlarini o‘zlashtirishga ham subsidiya va imtiyozlar joriy etish, xususan, sug‘orish nasoslari xarid qilish, quduqlar qazish ishlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash muhimligini ta’kidlagan.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    2020-yildan boshlab oborotda bo‘lmagan o‘rmon fondi yerlarini ijaraga berish tartibi joriy qilingani, hozirgi kunda 20 ming gektar shunday yer ijaraga berilgani, mazkur ishlarni davom ettirib, qo‘shimcha yerlarni oborotga kiritish hamda tadbirkorlarga ijaraga berishni kengaytirish vazifasi qo‘yildi.

    Qorako‘l, G‘ijduvon, Shahrisabz, Kitob, Pop, Chortoq, Nurobod, Qo‘shrabot, Nurota, Baxmal, Forish, Uzun, Boysun, Ohangaron, Bekobod tumanlarida o‘rmon xo‘jaligi rezervlaridan foydalanish bo‘yicha ishlar tanqid qilinib, yetarlicha tashkil etilmagani ko‘rsatib o‘tildi.

    “Pillachilikda ozuqa bazasini ko‘paytirish maqsadida fermer xo‘jaliklarida 2 ming gektar, kelgusi yilda 2,5 ming gektarga tut ko‘chatlari ekish rejalashtirildi.

    O‘tgan yili dorivor o‘simliklar plantatsiyasi 2 ming gektarga yetkazilgan edi. Yig‘ilishda kelgusi yili bunday maydonlarni 5 ming gektarga yetkazib, hosilni 8 ming tonnagacha oshirish zarurligi aytildi.

    Xususiy sektorni jalb qilgan holda o‘rmon fondi yerlarida asalarichilik, chorvachilik va parrandachilik loyihalarini amalga oshirish, bandlikni ta’minlab, oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash chora-tadbirlari belgilandi”, — deya xabar bergan Prezident matbuot xizmati.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Shuningdek, videoselektorda o‘tgan yili ekoturizm va ov turizmidan jami 1 milliard so‘m tushgani va bu hali kamligi ta’kidlandi. Bo‘stonliq tumanidagi yangi tizim o‘rmon hududlarida turizmni rivojlantirish bo‘yicha juda katta zaxiralar mavjudligi, “Burchmulla” o‘rmon xo‘jaligida xususiy sheriklik asosida 300 o‘rinli ekoturizm maskani barpo etilayotgani bunga misol ekanligi aytildi.

    2021-yilda ekologiya va ov turizmidan daromadlarni 10-15 baravarga oshirish mumkinligi ta’kidlandi. Shahrisabz, Kitob, Boysun, Bobotog‘, Zomin, Baxmal, Ohangaron, Bekobod, Dalvarzin, Pop, Qo‘qon, Qozoqdaryo o‘rmon va ov xo‘jaliklarida turizm maskanlarini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

    Yig‘ilishda o‘rmon xo‘jaligi bo‘yicha ilm-fanni rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi. Mahalliy pistaning suvsizlikka chidamli va yuqori hosil beradigan 13 turdagi yangi navini ro‘yxatdan o‘tkazib, keyingi yildan tog‘li tumanlarda ekish kerakligi qayd etildi.

    Davlat o‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasiga dorivor o‘simliklarni mahalliylashtirish uchun tajriba plantatsiyalari va ilmiy markaz, shuningdek, o‘rmon tuproqshunosligi, in vitro va urug‘chilik laboratoriyalarini tashkil etish vazifasi yuklatildi. Sohada kadrlar salohiyatini oshirish, o‘rta bo‘g‘in mutaxassislarini tayyorlash bo‘yicha ham ko‘rsatmalar berildi.

    Qishloq xo‘jaligining boshqa tarmoqlarida bo‘lgani kabi o‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish uchun ham xalqaro tashkilotlar mablag‘larini jalb qilib, yirik investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish muhimligi ta’kidlandi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Videoselektor yig‘ilishida muhokama qilingan masalalarni inobatga olib, o‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha 10 yillik dastur loyihasini takomillashtirish vazifasi belgilandi.

    Yig‘ilishda Davlat o‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi va hududlar rahbarlari axborot bergan.

    04.09.2020, 17:37   Izoh (0)   12181
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda bir nafar bola Kavasaki sindromiga gumon qilingan — Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi

    04.09.2020, 17:12

    Toshkentda o‘z farzandini o‘ldirib, uning murdasini yoqib yuborgan ayolning eri voqea qanday bo‘lganini so‘zlab berdi

    04.09.2020, 16:58

    Xalq ta’limi vazirligi o‘quv yili boshida ayrim fanlarni vaqtinchalik o‘tmaslikni tavsiya qildi

    04.09.2020, 16:55

    Odessada turk masjidi imomini tiriklay ko‘mib yuborgan O‘zbekiston fuqarolariga hukm o‘qildi

    04.09.2020, 16:36

    O‘zbekistondagi imtihonlarning 2-kuni 6 nafar soxta abituriyent aniqlanib, 75 nafar abituriyent esa imtihon jarayonida testdan chetlatilgan

    04.09.2020, 15:59

    O‘zbekistonda koronavirus aniqlangan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda kasallik barcha holatda yengil o‘tgani ma’lum qilindi

    04.09.2020, 15:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tailandda qirolni haqorat qilgan sobiq bosh vazir va milliarder oqlandi

    Dunyo | 23 avgust, 12:05

    Dunyodagi eng keksa odam 116 yoshini nishonladi

    Layfstayl | 23 avgust, 11:45

    Avstriyada 289 kilolik mahbus soliq to‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 23 avgust, 11:30

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.