• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12500.01
    • RUB151.96
    • EUR14471.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Texnologiyalar

    Uchinchi axborot inqilobining dunyoga kelishi. Internet ixtiro qilinganiga 51 yil to‘ldi

    Insoniyat o‘z sivilizatsiyasi tarixida uch bora axborot inqilobini amalga oshirdi. Birinchisi  yozuvning ixtiro qilinishi bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchisi Iogann Gutenberg tomonidan kitob bosishning ixtiro qilinishi edi. Shubhasiz, bu ikkala axborot inqilobi odamzodning bilim ko‘lami bemisl taraqqiy etishiga xizmat qildi. Uchinchi axborot inqilobi esa bu – internetning dunyoga kelishi bo‘ldi! Aynan internet axborot kommunikatsiya texnologiyalarining hozirgi zamondagi eng oliy, ilg‘or cho‘qqisi bo‘lib turibdi. Demak, bugun biz yashab turgan zamonaviy hayotning asosiy qismlaridan birini egallashgan ulgurgan internet dunyoga kelgan kun. “Daryo” sana munosabati bilan internet haqidagi qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etadi. 

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    O‘zida matn, tovush va tasvirni to‘liq qamrab olgan internet texnologiyalari, bugungi kunda endi aqlli uy jihozlarini qamrab oluvchi “buyumlar interneti” – IoT misolida maishiy turmushga ham kirib kelmoqda. Hozirda nafaqat kommunikatsiya aloqalari sohasida, balki hatto davlat siyosatini yuritishda, ta’limda, bank xizmatlari sohasida va kommunal xizmatlar sohasida  ham internet asosiy vositaga aylanib bormoqda. Ayniqsa, pandemiya sababli masofaviy ta’lim, masofaviy muloqot va masofadan turib ishlash taqozosi yuzaga kelganida bu masalalarga internetdan yaxshiroq yechim bo‘lmagani ham bor gap.

    Bugun 2-sentabr ushbu zamonaviy hayotning eng muhim atributlaridan biri bo‘lmish internet dunyoga kelgan sana. Tarixan ilk internet bog‘lanishi 1969-yilning xuddi shu sanasida AQShda — Los-Anjelesdagi Kaliforniya universitetida amalga oshirilgan edi. O‘shanda atigi 12 kb xotiraga ega Honeywell 516 kompyuterlaridan ikkitasi qisqagina kabel orqali o‘zaro bog‘lanib, bir-biriga shunchaki ma’lumot uzatish va qabul qilish vazifasini amalga oshirgan. Ma’lumot uzatish test tariqasida amalga oshirilgan bo‘lib, unda biror-bir ma’no-mazmunga ega xabar yo‘llanmagan bo‘lsa-da, lekin ikkita kompyuter bir-biriga shunchaki “aqay-baqay”larni jo‘natib qabul qilishining o‘zi ham shubhasiz tarixiy voqea edi!

    Kaliforniya universitetidagi Len Klyaynrok laboratoriyasida o‘tkazilgan ushbu eksperiment AQSh Mudofaa vazirligi boshchiligida olib borilgan bir necha yillik izlanishlar mahsuli bo‘lib, bu mohiyatan internetning o‘sha paytdagi eng sodda, ibtidoiy talqini bo‘lgan deyish mumkin. Dastlabki paytda ARPANET (Advanced Research Projects Agency Network) deb nomlangan ushbu texnologiya birinchi marta ishga tushirilganida 20 nafar tadqiqotchi jarayonda ishtirok etgan.

    2-sentabr kuni ilk muvaffaqiyatli kompyuter tarmog‘i sinab ko‘rilgach, oradan ko‘p o‘tmay, aniqrog‘i, 29-oktabr sanasida tajribaga Stenford instituti ham qo‘shilgan va tom ma’noda dunyo tarixida birinchi bo‘lib internet orqali muayyan ma’noga ega xabar yo‘llangan. Bu xabar ham atigi bitta so‘zdan iborat bo‘lgan bo‘lib, dastlabki urinishi muvaffaqiyatli bo‘lgan deyish qiyin.

    Gap shundaki, Los-Anjelesdagilar Stenfordga “login” degan so‘zni jo‘natishgan bo‘lib, xabarning “lo“ qismi manzilga yetib borgan xolos, shundan keyin kompyuterlardan biri “qotib” qolgan. 1969-yilning oxiriga kelib esa “ibtidoiy internet” tarmog‘ida allaqachon Yuta universiteti va Santa-Barbara Kaliforniya universiteti ulangan edi.

    Yuqorida aytganimizdek, avvaliga internet AQSh mudofaa vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan. Shu sababli dastlabki yillarda undan faqat harbiylar foydalangan. Internetning ommaga tanishtirilishi esa 1972-yilda amalga oshirilgan bo‘lib, bu paytda tarmoqda allaqachon 30 ta xost mavjud edi. O‘sha yili olimlar internetning kelgusi taraqqiyoti borasida ilk amaliy konferensiyaga yig‘ilgan va bog‘lanishlarda qo‘llaniladigan standart kodlar, kabellar va protokollar borasida umumiy yakdil qoidalarni ishlab chiqishga kirishilgan.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    1979-yilga kelib, internet orqali matnli xabarlar yo‘llash uchun mo‘ljallangan elektron pochta tizimi joriy qilindi. Taxminan o‘sha yillarda joriy qilingan TCP/IP protokoli esa hozirda ham internet orqali aloqa o‘rnatishning eng asosiy vositasi bo‘lib qolmoqda. 1990-yillar boshidan boshlab esa WWW (world wide web – butunjahon o‘rgimchak to‘ri) texnologiyasi asosida HTTP (gipermatn transferi protokoli) vositasida brauzer orqali ma’lumot almashinish texnologiyasi ommalashuvi esa nafaqat kommunikatsiya sohasida, balki OAV sohasida ham keskin burilish yasadi.

    Endilikda qog‘ozga chop etiladigan matbuot bilan bemalol raqobat qila oladigan, qaytanga mushtariy bilan interaktiv muloqot qilish imkoni tufayli katta ustunlikka ham erisha oladigan yangi axborot texnologiyalari yuzaga kela boshladi. Qizig‘i shundaki, oradan 30 yildan ziyod vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, internet tarmog‘ida o‘sha paytlarda ochilgan va hamon onlayn ishlab turgan bir necha saytlarga hozirda ham duch kelish mumkin.

    90-yillar oxiri va 2000-yillar boshida internetda ma’lumot izlashga qaratilgan qidiruv tizimlarining yuzaga kelishi, ayniqsa, 1998-yilda Larri Peyj va Sergey Brin tomonidan asos solingan Google qidiruv tizimi taqdim etilishidan keyin tarmoqda ma’lumot izlash va o‘zaro almashinish yanada keskin ommalasha boshladi. Shuningdek, internetda bozorlarning yuzaga kelishi (Alibaba, Amazon va hokazo), elektron birja va savdolarning paydo bo‘lishi orqali endilikda bu jabha nafaqat kommunikatsiya tarmog‘i sifatida, balki daromad va biznes-faoliyat maydoniga ham aylanib bordi.

    1995-yildan boshlab O‘zbekiston ham internet tarmog‘ida o‘zining ikkinchi daraja domen nomiga – .uz domeniga ega bo‘ldi. Hozirda .uz domen hududida 82 mingdan ortiq saytlar ro‘yxatga olingan bo‘lsa, yurtimizdagi internet foydalanuvchilari soni 22 million nafarga yetgan (albatta, shundan 19 millioni mobil internet foydalanuvchilari ekanini ham aytish joiz).

    Albatta, bugungi kunda hayotimizning deyarli hech bir sohasini internetsiz tasavvur qilib bo‘lmay qolyapti. Bu bir tarafdan mislsiz qulayliklar taqdim etmoqda. Xususan, xorijdagi yaqiningiz bilan endi qimmat xalqaro telefon aloqasi orqali gaplashishga hojat yo‘q. Messenjerlar hatto videoaloqa o‘rnatish imkonini bermoqda. Xaridlarni ham bozorga bormay, uydan bajarsa bo‘lyapti. Shu bilan birga, zamonaviy internet muayyan muammolarni ham yuzaga chiqarganini aytib o‘tish joiz. Birinchi navbatda, bu shaxsiy ma’lumotlar daxlsizligi, kiberjinoyatchilik va hatto kiberterror bilan bog‘liq jihatlardir.

    OAVlarda tez-tez paydo bo‘layotgan narsa – bank va tijorat sirini qo‘lga kiritish va unga tovon talab qilish, o‘zgalarning o‘ta shaxsiy ma’lumotlarini oshkor qilish evaziga inson sha’ni va qadr-qimmatiga putur yetkazish singari nihoyatda jiddiy kiberxatarlar bilan birga hozirda kiberfizik obyektlarga uyushtirilayotgan kiberhujumlar oqibatida insonlar hayoti xavfga qolayotgani, ekologiya va uskunalar zarar ko‘rayotgani holatlari ham ko‘paymoqda. Internet orqali amalga oshirilayotgan bu kabi tahdidlarga qarshi kurash zamonaviy IT mutaxassislarining birinchi galdagi vazifasiga aylanib borayotgani ham turgan gap.

    Biz bilgan va hayot tarzimizning uzviy bir qismiga aylanib qolgan internet bugun 51 yoshga to‘ldi. Biz esa uning kelgusi taraqqiyoti faqat ijobiy jihatlari bilan insoniyatga xizmat qilishiga tilakdoshmiz.

     Muzaffar Qosimov tayyorladi.

    03.09.2020, 08:38   Izoh (0)   29533
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Apple bexosdan o‘z foydalanuvchilarini xavfga duchor qildi

    02.09.2020, 14:47

    Amazon AQShda tovarlarni dronlar yordamida yetkazib berishga ruxsat oldi

    01.09.2020, 18:21

    Xiaomi bir mamlakatdagi do‘konlari soni bo‘yicha Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi

    01.09.2020, 13:57

    Inson salomatligiga zarar yetkazuvchi smartfonlar ekrani to‘g‘risida ma’lumot berildi

    29.08.2020, 21:36

    Amerikalik bloger Tesla Cyberquad elektro-kvadroksiklining aniq nusxasini yaratdi (video)

    28.08.2020, 20:45

    Microsoft Word dasturiga audioyozuvni matnga aylantiruvchi funksiyani qo‘shdi

    28.08.2020, 18:46
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 

     

    Tavsiya etamiz

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tailand Kambodjaning 18 nafar harbiy xizmatchisini asirga oldi

    Dunyo | 29 iyul, 23:55

    Braziliyalik keksa ayol ChatGPT’ni sevib qolganini ma’lum qildi

    Dunyo | 29 iyul, 23:40

    “Isroil G‘azodagi siyosatini o‘zgartirmasa, London sentyabrda Falastinni tan olishga tayyor” — Buyuk Britaniya bosh vaziri

    Dunyo | 29 iyul, 23:25

    UFC reytingi yangilandi: o‘zbekistonlik sportchi Bogdan Guskov 3 pog‘ona yuqoriladi

    Sport | 29 iyul, 23:10

    Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

    O‘zbekiston | 29 iyul, 23:10

    O‘zbekistonda 75 foiz korrupsiyaviy jinoyatlar maishiy shaklda sodir etilayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 29 iyul, 22:47

    O‘zbekistonda Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti ochiladi

    O‘zbekiston | 29 iyul, 22:26
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.