Toshkent viloyatining Bekobod, Zangiota va Bo‘stonliq tumanlari aholisiga “Toshkent hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlarda uzilishlar kuzatiladi. Bu haqda viloyat hokimligining axborot xizmati xabar bergan.
Xabarga ko‘ra 2020-yil 3-sentabr kuni soat 08:00 dan 12:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida Zafar elektr ta’minoti korxonasi tomonidan “Yangi hayot” MFY hududiga elektr ta’minotini yetkazib beruvchi “Bog‘ishamol” podstansiyasi hamda 13:00 dan 17:00 gacha Zangiota tumani elektr ta’minoti korxonasi tomonidan “Navro‘z” MFY, “Qodir Yusupov” MFY hududlariga elektr energiyasini yetkazib beruvchi “Eshonguzar” podstansiyasida texnik ishlar amalga oshiriladi.
Bo‘stonliq tumanidagi “Novobod” MFY, “Markaz” MFY hududlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi “Chimyon” podstansiyasida ham soat 09:00 dan 18:00 gacha vaqt oralig‘ida joriy ta’mirlash va boshqa zarur ekspluatatsiya texnik ishlari o‘tkaziladi. Mazkur paytda hudud aholisiga taqdim qilinayotgan elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar kuzatiladi.
Izoh (0)