Sirdaryo viloyati Guliston shahrida joylashgan transformator podstansiyasida yong‘in kelib chiqdi. Olov tezda bartaraf etildi, deb xabar bermoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

Foto: FVV

Ma’lum qilinishicha, 2020-yil 26-avgust kuni soat 09:55 da Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi dispetcherlik xizmatiga Guliston shahar 3-mavze “Obod yurt” MFY O‘zbekiston shohko‘chasida joylashgan transformator podstansiyasida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan. Yong‘in-qutqaruv qismi voqea joyiga soat 09:58 da yetib borib, soat 10:00 da yong‘in batamom o‘chirilgan.

Foto: FVV

Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘qligi ma’lum qilindi. Yong‘in kelib chiqishining birlamchi sababi yomg‘ir yog‘ishi natijasida elektr simlarining qisqa tutashuvi deb taxmin qilinmoqda.

Avvalroq Buxoroda chaqmoq urishi natijasida 800 gektar to‘qayzor yonib ketgani xabar qilingan edi.