Buxoro viloyatining Romitan tumaniga yangi prokuror tayinlandi. Bu haqda “Daryo”ga Romitan tuman prokurori yordamchisi Jo‘rabek Rayimov ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, tuman prokurori lavozimiga Atoyev Farruh Anvarovich tayinlangan.
Farrux Atoyev 1986-yilda tug‘ilgan. U prokurorlikka tayinlanishidan avval viloyat prokuraturasining kadrlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Romitan tumanining sobiq prokurori Hasan Shirinov boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan lavozimidan ozod qilingani xabar berilgan. Biroq aynan qaysi ishga o‘tganligi ochiqlanmagan.
Izoh (0)