“Vulverhempton” himoyachisi Mett Doerti faoliyatini “Tottenhem”da davom ettiradi.
“Shporlar” matbuot xizmatining xabar berishicha, 28 yoshli irlandiyalik futbolchi bilan 2024-yilgacha amal qiladigan shartnoma imzolangan. Doerti yangi klubi safida 2-raqam ostida harakat qiladi.
Avvalroq “Tottenhem” yarim himoyachi uchun 12 million funt to‘lashi, shu bilan birga yana 5 million funt bonus sifatida berilishi haqida xabarlar tarqalgandi.
Ma’lumot uchun, Doerti “Vulverhempton”da 2011-yildan beri o‘ynab kelayotgandi. U klub safida 300 dan ortiq o‘yin o‘tkazgan.
Qayd etish joiz, “shporlar” avvalroq “Sauthempton” klubidan yarim himoyachi Pyer-Emil Hyoybergni sotib olgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)