Futbol bo‘yicha Coca-Cola Superliga 13-turining so‘nggi o‘yinida 29-avgust, shanba kuni “Buxoro” va OKMK jamoalari o‘rtasida kechdi.
Uchrashuvning 36-daqiqasida Elguja Grigalashvili olmaliqliklarni oldinga olib chiqdi. 73-daqiqada “Buxoro” o‘yinchisi Izzatilla Abdullayev uzoq masofadan juda chiroyli zarba yo‘llab, muvozanatni tikladi.
So‘nggi daqiqalar qiziqarli o‘tdi. 89-daqiqada Ilhom Alijonov buxoroliklarning ikkinchi golini urdi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtning so‘nggi daqiqasida OKMK penalti ishlab oldi. Biroq uni Yovan Jokich aniq amalga oshira olmadi. Darvozabondan qaytgan to‘pni olmaliqlik darvozaga joylab qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.
Shu tariqa Mirjalol Qosimov shogirdlari mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirgan holda 29 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda. “Buxoro” (7) esa 13-pog‘onaga ko‘tarildi.
Coca-Cola Superliga
13-tur bahsi
29-avgust, shanba
“Buxoro” — OKMK 2:2
Gollar: 0:1 – 36 Grigalashvili, 1:1 – 73 Abdullayev, 2:1 – 89 Alijonov, 2:2 – 90+7 Nurmatov.“Buxoro”: Zafar Safoyev, Mirjalol Jumayev, Bobur Omonov, Anvar Jo‘rayev, Jasur Hakimov, Zohir Pirimov (Izzatilla Abdullayev, 58), Jasur Hasanov, Bekzod Saidov (Shahzod Beshimov, 72), Ergash Ismoilov (Ilhom Alijonov, 58), Azizbek Amonov (Suhrob Ne’matov, 72), Solibek Karimov.
OKMK: Suhrob Sultonov, Akmal Shorahmedov, Dilshod Jo‘rayev, Bobur Yo‘ldoshev, Murod Toshmatov, Yovan Jokich, Mirjamol Qosimov (Sardor Rahmonov, 79), Bahrom Abdurahimov (Shahzod Nurmatov, 79), Sanjar Tursunov (Arslonmurat Amanov, 86), Mate Vatsadze (Zafar Polvonov, 79), Elguja Grigalashvili (Hojimat Erkinov, 85).
Ogohlantirishlar: Jokich 47, Jo‘rayev 57, Saidov 71.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)