“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola ayni damda Barselonada bo‘lib turibdi.
Marca’ning xabar qilishicha, 49 yoshli mutaxassis “Barselona” hujumchisi Lionel Messi bilan uchrashish uchun Kataloniya poytaxtiga borgan. Gvardiola argentinalik futbolchi bilan uchrashishga kelishib olgan.
Avvalroq “Manchester Siti” Lionel Messi uchun asosiy da’vogar ekani xabar qilingandi. Shuningdek Messining o‘zi ham kelajagini “shaharliklar” bilan qurmoqchi.
Messi 2019/20-yilgi mavsumda “Barselona” safida 44 o‘yin o‘tkazib, 31 ta gol va 24 ta golli uzatma muallifiga aylandi. Argentinalik futbolchining katalonlar bilan amaldagi shartnomasi 2021-yilga qadar mo‘ljallangan.
Mavzuga doir:
- Messi “Barselona”ni sudrashdan charchadi va ketmoqchi. Bu safar hammasi juda jiddiy ekanligi haqida
- Lionel Messining otasi o‘g‘li qaysi jamoaga o‘tishini ma’lum qildi
- “Manchester Siti” Messi transferi uchun 100 mln yevro va uch futbolchisini berishga tayyor
- Neymar PSJdan Messini sotib olishni so‘radi
- Messi Gvardiolaga: Pul muhim emas, men “Manchester Siti”da o‘ynashni xohlayman
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)