Daryo

Messi Gvardiolaga: Pul muhim emas, men “Manchester Siti”da o‘ynashni xohlayman

Messi faoliyatini “Manchester Siti”da davom ettirmoqchi

1 daqiqa o‘qish54 192 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Getty Images

“Barselona” hujumchisi Lionel Messi faoliyatini “Manchester Siti”da davom ettirmoqchi.

Foto: Getty Images

Jurnalist Veronika Brunatining xabar qilishicha, argentinalik futbolchi “shaharliklar” ustozi Xosep Gvardiolaga qo‘ng‘iroq qilgan va uning jamoasiga o‘tish istagida ekanini aytgan.

“Pul muammo emas. Men ‘Manchester Siti’da o‘ynashni istayman”, — degan Messi Gvardiola bilan bo‘lgan suhbatda.

Ta’kidlanishicha, futbolchi raqobatbardosh jamoaga o‘tish va sovrinlar uchun kurashishni istamoqda, biroq o‘z kelajagini ortiq “Barselona” bilan qurmoqchi emas.

Brunatining yozishicha, “shaharliklar” Messiga “2+1” ko‘rinishidagi shartnoma taklif qiladi. Shuningdek, “Siti” kelishuvga braziliyalik hujumchisi Gabriel Jezusni qo‘shish niyatida.

Avvalroq “Manchester Siti” Messi bilan shaxsiy shartnoma borasida deyarli kelishuvga erishgani va transfer uchun 100 million yevroga qo‘shib uch nafar futbolchisini (Gabi Jezus, Bernardu Silva va Erik Garsiya) taklif qilishi xabar qilingandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar