Lionel Messi “Barselona” bilan shartnomani bekor qilish uchun huquqshunoslar va klub rahbariyati bilan uchrashuv rejalashtirmoqda.
Ole nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, argentinalik futbolchi jamoani mojarolarsiz va sud jarayonisiz tark etish niyatida. Biroq klub o‘z pozitsiyasini o‘zgartirmoqchi emas va Messini faqatgina 700 million yevroga qo‘yib yuborishini ma’lum qilgan.
Messi esa advokatlarning yordami bilan unga har mavsum so‘ngida jamoani bepul tark etish imkonini beradigan banddan foydalanmoqchi. Avvalroq Messi “Manchester Siti”ga o‘tishga yaqin turgani haqida xabar berilgandi.
Ma’lumot uchun, Messining klub bilan amaldagi shartnomasi 2021-yilgacha mo‘ljallangan.
Gollar to‘plami:
- Lionel Messining “Real” darvozasiga “Kamp Nou”da urgan 10 ta goli (video)
- Lionel Messining “Santyago Bernabeu”da “Real”ga urgan eng qoyilmaqom gollari (video)
- Lionel Messining APL jamoalariga qarshi bahslaridagi 26 ta goli (video)
- Lionel Messining 19-raqamda o‘ynagan vaqtida urgan qoyilmaqom 19 ta goli (video)
- Lionel Messining Yevropa Chempionlar Ligasidagi qoyilmaqom 10 ta goli (video)
- Lionel Messining jarima maydoni tashqarisidan urgan top-10 goli (video)
Izoh (0)