Toshkentda Kichik halqa yo‘lining Usmon Nosir 2-tor ko‘chasi bilan kesishmasidagi bir qismi bir oy muddatga yopiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
“Kichik halqa avtomobil yo‘li (KHAY)ning Usmon Nosir 2-tor ko‘chasi bilan kesishgan qismidagi yo‘l yangi ko‘prikni qurish ishlarini tezlashtirish va maksimal darajada xavfsizlikni ta’minlash maqsadida bir oyga avtotransport harakati uchun yopildi”, — deyiladi xabarda.
Tirbandliklarning oldini olish maqsadida haydovchilarga vaqtincha aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya qilinadi.
Hokimlik keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi.
Izoh (0)