O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, “Shuhrat” medali sohibi Poyon Ravshanov 79 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati hokimligi xabar berdi.
U “Oqsaroy tarixi”, “Amir Temur sulolasi”, “Malika Kenagas oyim Oychuchuk”, “Avlodnoma”, “Intiqom”, “Qo‘lga tushgan qasoskorlar”, “Sadafmulk” va boshqa ko‘plab tarixiy asarlarni yozgan.
Avvalroq Qashqadaryo sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sherali Nurmatov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, iste’fodagi polkovnik Ikromjon Bo‘ronov, Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Karim Kamolov vafot etgani xabar berilgan edi.
Izoh (0)