“Bavariya” jamoasi Yevropa Chempionlar Ligasi finalida PSJni mag‘lubiyatga uchratib (1:0), chempionlikni qo‘lga kiritdi.
Kingsli Komanning kiritgan to‘pi “Bavariya” uchun Chempionlar Ligasidagi 500-gol bo‘ldi.
Shu vaqtga qadar faqat ikkita jamoa besh yuzlik dovondan o‘ta olgandi: “Real” (567 ta gol) va “Barselona” (517).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)