“Bavariya” Yevropa Chempionlar Ligasi finalida PSJni taslim etdi (1:0) va musobaqa bosh sovriniga ega chiqdi.
Bu nemislar ustozi Xans-Diter Flik uchun “Bavariya” boshqaruvidagi 3-sovrin bo‘ldi.
“Bavariya” Flik qo‘l ostida barcha musobaqalarda 36 ta o‘yin o‘tkazdi. Shu tariqa murabbiy har 12 o‘yinda bir marta sovringa ega chiqmoqda.
55 yoshli mutaxassis Niko Kovachning iste’fosidan keyin, noyabrda jamoani qabul qilib oldi. Shunday keyin “Bavariya” o‘zi ishtirok etgan barcha musobaqa sovrinlarini yutib oldi va tarixdagi ikkinchi treblni qayd etdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)