Yevropa Ligasi finalidan o‘rin olgan “Sevilya” — “Inter” uchrashuvidan keyin har ikkala jamoa bosh murabbiyi o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Finalda hamma narsani kichik detallar hal qildi. Lukaku o‘z darvozamizni ishg‘ol qilgani yomon bo‘ldi.Bu yil jamoa sezilarli darajada yaxshi tomonga o‘zgardi. 2-3 kun ichida biz “Inter”ning kelajakdagi rejalarini muhokama qilamiz — men bilan yoki mensiz.
Men va klub o‘rtasida hech qanday tushunmovchilik yo‘q. Ehtimol, qarashlarda farqlar mavjuddir.
Nima bo‘lganda ham “Inter” ajoyib mavsumni o‘tkazdi. Men har doim bunday imkoniyatga ega bo‘lganimdan minnatdor bo‘laman.
Antonio Konte, “Inter” bosh murabbiyi.
Bu judayam ajoyib jamoa. Agar biz g‘alaba qozona olmagan taqdirda ham, bu o‘yinchilar juda zo‘r bo‘lib qolaverardi, ammo shukrki, omadimiz chopdi.Qayd etish joiz, ispan klubining ushbu g‘alabasi jamoa uchun Yevropa Ligasi/UEFA Kubogidagi oltinchi chempionlik bo‘ldi.Biz barcha qiyinchiliklarga va uchta o‘yinda uchta penaltiga bo‘lishiga qaramay, ishonishda davom etdik. Madhiyamizda aytilganidek, bu jamoa taslim bo‘lmaydi.
Biz qiyin kechgan bahsda juda muhim chempionlikni qo‘lga kiritdik.
Xulen Lopetegi, “Sevilya” ustozi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)