“Andijon” katta murabbiyi Diyor Mirzaboyev Coca-Cola Superliga 11-turi doirasida OKMKga qarshi kechgan o‘yindan (1:3) keyingi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Bu o‘yinga tayyorgarlik reja asosida bo‘lgandi. Raqib bu mavsumda hali mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan OKMK edi. Shu sababli, asosan qarshi hujumda o‘ynadik. Raqibning zaxiradan tushgan futbolchilari asosiy rolni o‘ynadi.11-turdan keyin “Andijon” 6 ochko bilan 12-o‘rinda bormoqda. Jamoa 12-turda “Qo‘qon-1912”ga qarshi bahs yuritadi.Ikki nafar hujumchimiz bor, lekin 11 turdan beri haligacha gol ura olishmayapti. Hujumchilar bilan ishlayapmiz, foydasi bo‘lmayapti.
31-avgustgacha yangi futbolchilarni qo‘shib olish imkoniyatimiz bor. Yangi futbolchilarni tarkibga qo‘shib olishga harakat qilamiz.
Diyor Mirzaboyev, “Andijon” katta murabbiyi
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)