Ikkita vazn toifasida UFC chempioni Amanda Nunyes (20-4) keyingi jangini Megan Andersonga (11-4) qarshi o‘tkazadi. Bu haqda jurnalist Brett Okamoto xabar qildi.
Mazkur jang 12-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan UFC 256 musobaqasining asosiy voqeasi bo‘ladi.
Hozircha musobaqa qayerda o‘tkazilishi noma’lum bo‘lib turibdi.
Nunyes so‘nggi bor 7-iyul kuni bo‘lib o‘tgan UFC 250 musobaqasida Felitsiya Spenserni mag‘lub etib, kamarni himoya qilgandi.
Nokautlarga boy bo‘lgan UFC 250 musobaqasi jangi videolarini ko‘rish
Izoh (0)