“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Brunu Fernandesh Yevropa Ligasining 2019/20-yilgi mavsumdagi eng yaxshi to‘purariga aylandi.
Portugaliyalik futbolchi o‘tgan mavsumda “Sporting” va “Manchester Yunayted” safida Yevropa Ligasida 8 ta golni o‘z nomiga rasmiylashtirib qo‘ydi.
“Inter” hujumchisi Romelu Lukaku 7 ta gol bilan to‘purarlar poygasida ikkinchi pog‘onani egallan bo‘lsa, uchinchi o‘rindan 6 ta gol bilan bir-yo‘la 5 futbolchi joy oldi. Bular: Andraj Shporar (“Sporting”/“Slovan”), Daiti Kamada (“Ayntraxt”), Alfredo Morelos (“Reynjers”), Edin Vishcha (“Istanbul”) va Diogu Jota (“Vulverhempton”).
Mavzuga doir:
- “Manchester Yunayted” futbolchilari Brunu Fernandesh va Viktor Lindelyof “Sevilya”ga qarshi bahsda janjallashib ketdi (video)
- Ibragimovich, Fernandesh, Holand. 2019/20-yilgi mavsumning eng yaxshi transferlaridan iborat ramziy terma jamoa tuzildi
- Brunu Fernandesh: “Ronaldu — men ko‘rgan texnikasi eng kuchli futbolchi”
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)