Internetda ulkan sig‘imli akkumulyatorga ega bo‘ladigan yangi Galaxy M51 smartfoniga oid ma’lumotlar paydo bo‘ldi, deb xabar qiladi Hi-Tech.Mail.ru.

Foto: Twitter / Onleaks

Samsung Galaxy M51’ning o‘ziga xos jihati uning 7000 mA/soat akkumulyatorida — bu oddiy smartfonlar orasidagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri. Shuningdek, u 25 vattli tezkor quvvatlanish funksiyasiga ega bo‘ladi.

Onleaks niki ostidagi taniqli insayder Galaxy M51’ning dizayni bilan bo‘lishgan — ulkan akkumulyatorga qaramay, smartfon u qadar qalin emas. Shu bilan birga, qurilmaga 6,67 dyuymli AMOLED displey o‘rnatilgan.

Foto: Twitter / Oneleaks

Smartfon o‘rta darajadagi Snapdragon 730 protsessori bazasi va 8 gigabayt tezkor xotira yordamida ishlaydi.

Mish-mishlarga ko‘ra, Galaxy M51 sentabr oyida sotuvga chiqishi kerak.

Avvalroq Samsung kompaniyasi Galaxy Note20 lineykasi ortidan yangi Galaxy S20 Fan Edition (Galaxy S20 Lite) smartfonini taqdim etishga tayyorgarlik ko‘rayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Avgust boshlarida esa Samsung sig‘imi 6000 mA/soatga teng Galaxy M31 s modelini taqdim etgan edi.