UEFA “Inter” va “Sevilya” jamoalari o‘rtasida kechadigan Yevropa Ligasi finaliga hakamlar tayinladi.
Uchrashuv Danni Makkeli boshchiligidagi niderlandiyalik hakamlar guruhiga topshirildi. Unga qanotlarda hamyurtlari Mario Diks va Hessel Stegstra yordam beradi. To‘rtinchi hakam — gretsiyalik Anastasios Sidiropulos.
Videotkarorlar tizimida niderlandiyalik Yohem Kamphyuys va Kevin Blom ishlaydi. Shuningdek, polshalik Pavel Gil va Tomash Sokolnitski ofsaydlarga (o‘yindan tashqari holat) javob beradi.
Bu Makkeli faoliyatidagi ilk Yevropa Ligasi finali hisoblanadi. Avvalroq u 2017/18-yilgi mavsum Yevropa Ligasi finali doirasida kechgan “Atletiko” — “Marsel” uchrashuvida assistent sifatida, shuningdek, Chempionlar Ligasining 2018/19-yilgi mavsum finalida (“Liverpul” — “Tottenhem”) videotakrorlarda ishlagandi.
Yevropa Ligasi finali Toshkent vaqti bilan 21-avgustdan 22-avgustga o‘tar kechasi 00:00 da boshlanadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)