O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi 2020-yil yanvar—iyul oylarida yirik sanoat korxonalari tomonidan ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi haqida ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, o‘tgan davr mobaynida yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi oshgan. 2019-yilning shu davrida 147 650 dona yengil avtomobil ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2020-yilda ushbu ko‘rsatkich 168 711 donani tashkil etgan.
Avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2020-yil yanvar—iyul oylari ishlab chiqarilgan avtomobillar hajmi quyidagicha:
- Nexia T-250 — 41 663 dona;
- Cobalt — 44 901 dona;
- Lacetti-Gentra — 30 368 dona;
- Damas — 30 889 dona;
- Spark — 16 370 dona;
- Labo — 4520 dona.
Avtomobil dvigatellarini ishlab chiqarish esa ko‘paygan. 2019-yilda 114,6 ming dona dvigatel chiqarilgan bo‘lsa, 2020-yilda — 137,2 dona. Bundan tashqari, 2020-yil yanvar—iyul oylarida traktor ishlab chiqarish hajmi 630 donani tashkil etgan (2019-yilda — 797).
Avvalroq UzAuto Motors yetti oyda o‘tgan yilgiga nisbatan 22 ming dona ko‘p avtomobil chiqargani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)