Rolls-Royce kompaniyasi ikkinchi avlod Ghost modellariga bo‘lgan qiziqishni oshirishni davom ettirmoqda. Britaniyaliklar bu safar sedanning shovqindan himoyalangani tasvirlangan animatsion rolik bilan bo‘lishdi. Muhandislar tashqi shovqinlardan qutulishga uringan, biroq mutlaq tinchlik uchun avtomobilning o‘zi ovoz chiqara boshlagan, deb xabar beradi Motor.
Shovqindan himoyalash tizimini yaxshilashda “sakkizinchi” Phantom va Cullinan’ning asosini tashkil etuvchi Architecture of Luxury platformasini yangilash hisobiga erishilgan. Platformani tayyorlashda ishlatilgan alyuminiy o‘z o‘zidan ovoz tebranishlarini po‘latga nisbatan yaxshi yutadi. Tekis detallar yaxshi rezonanslashgani sabab platforma komponentlariga ovozni o‘chiradigan murakkab shakl berishga qaror qilingan.
6,75 litrli V12 dvigateli va salon o‘rtasidagi to‘siq ikki qavatliga aylantirilgan. Pol, eshik, shift va yukxona qismi shovqin yutuvchi materiallar bilan qoplangan. Shinalardagi to‘rt dyuymli po‘kak va shisha paketlardagi ikkitalik shaffof qatlam qo‘shimcha izolyatsiyani ta’minlagan.
Muhandislar bu bilan to‘xtab qolmagan: sedanning har bir ehtiyot qismini akustik xususiyatga tekshirilgan. Aniqlanishicha, ko‘plab kutilmagan detallar salondagi shovqinga sabab bo‘lishi mumkin ekan — masalan, konditsioner havo havo haydagichi ichidagi qismlar. Havoni tortish vaqtida ular baland ovoz chiqargani sabab mazkur qismlar to‘liq almashtirilgan.
Ghost salonidagi tinchlik yo‘lovchi va haydovchini chalg‘itib qo‘yishi mumkin. Shu sababli modelga “shivirlash” nomli mayin tarqaluvchi ovoz tizimi o‘rnatilgan. U o‘rindiqlar orqasidagi sezuvchan amortizatorlardan tashkil topgan bo‘lib, tana tomonidan paydo bo‘ladigan mayda tebranishlarni yutib, shovqinni yagona notaga aylantiradi. 500 litrli yukxona poliga o‘rnatilgan o‘ziga xos portlar yordamida past chastotali tovushlar avtomobilni tark etadi. Rolls-Royce’ning mazkur yangi texnologiyasi “xotirjamlik formulasi” nomini olgan.
Avvalroq yangi Rolls-Royce Ghost antivirus himoyaga ega bo‘lishi to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)