Futbol bo‘yicha Yevropa Ligasi musobaqasining dastlabki yarim finalida “Sevilya” va “Manchester Yunayted” jamoalari 16-avgust, yakshanba kuni o‘zaro bahs yuritdi.
Uchrashuv debyutida inglizlar penalti ishlab oldi va uni Brunu Fernandesh golga aylantirdi. Bunga ispanlar 26-daqiqada Susoning goli bilan javob qaytardi.
Ikkinchi bo‘limda “Manchester Yunayted” futbolchilari ustunlikka ega bo‘ldi, biroq raqib himoyasini yorib o‘tish ularga nasib etmadi. 78-daqiqada andalusiyaliklar g‘alabani to‘pini kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Lyuk de Yong qanotdan uzatib berilgan to‘pni yaqin masofadan darvozaga joylab qo‘ydi.
Shu tariqa “Sevilya” Yevropa Ligasi yarim finaliga yo‘l oldi. Ikkinchi yarim final bahsi “Inter” va “Shaxtyor” jamoalari o‘rtasida kechadi.
Yevropa Ligasi
Yarim final bahsi
16-avgust, yakshanba
“Sevilya” Ispaniya — “Manchester Yunayted” Angliya 2:1
Gollar: 0:1 – 9, penalti Brunu Fernandesh, 1:1 – 26 Suso, 2:1 – 78 de Yong.“Sevilya”: Bunu, Navas, Kunde, Regilon, Diyego Karlos, Fernando, Jordan (Gudel, 87), Suso (Vaskes, 75), Banega, Okampos (Munir, 56), an-Nesiri (de Yong, 56).
“Manchester Yunayted”: De Xea, Uilyams (Fosu-Mensa, 87), Maguayr, Lindelyof, Uan-Bissaka (Mata, 87), Pogba, Fred, Brunu Fernandesh, Marsyal, Grinvud (Igalo, 90), Reshford (Jeyms, 87).
Ogohlantirishlar: Uilyams (17), Diyego Karlos (21), Reshford (66), Munir (86), Maguayr (86).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)