UFC perzidenti Deyna Uayt promoushen og‘ir vazn toifasi chempioni Stipe Miochichning keyingi raqibi Fransis Ngannu bo‘lishi ma’lum qildi.
“Stipening keyingi raqibi Fransis bo‘ladi. U Fransisdan sakrab o‘tib keta olmaydi.
Ngannu sovrinli jangga qadar yo‘lida uchragan barchani taslim etdi. Shu sabab hozir uning navbati. Biroq Jon Jonsning og‘ir vaznga o‘tishi juda qiziq bo‘ladi”, — deydi Uayt.
Eslatib o‘tamiz, Miochich UFC 252 musobaqasida Daniel Kormyeni mag‘lubiyatga uchratdi va kamarini himoya qildi.
Bu Miochich va Ngannu o‘rtasidagi ikkinchi to‘qnashuv bo‘ladi. 2008-yilning yanvar oyida Stipe fransiyalik raqibini taslim etgandi.
UFC 252 musobaqasidagi barcha janglarni tomosha qiling (video)
Izoh (0)