Geared Online auksionida 54 yoshli Ferrari 275 GTB Long Nose (“uzun burun”) sotuvga qo‘yildi. Yakuniy natija kutilganidan ham o‘tib tushdi: avtomobil 3,08 million dollarga sotilgan bo‘lib, u onlayn savdolar orqali o‘zining yangi egasini topgan eng qimmat modelga aylandi, deb xabar beradi Motor.
Ferrari 275 GTB bunga qadar onlayn savdolarda 2003-yilgi Ferrari Enzo tomonidan o‘rnatilgan rekordni yangilagan — shu yilning iyunida Enzo RM Sotheby’s internet-auksioni orqali 2,64 million dollarga sotilgan edi.
Izoh (0)