“Atletiko” Chempionlar Ligasi chorak finalida “Leypsig”ga mag‘lub bo‘ldi (1:2).
Madridliklar Chempionlar Ligasida Diyego Simeone qo‘l ostida ilk bor tarkibida Krishtianu Ronaldu bo‘lmagan jamoa to‘sig‘idan o‘ta olmadi.
Avvalroq “Atletiko” 2014/15 va 2016/17-yilgi mavsumlar “Real” (chorak va yarim finalda) hamda 2018/19-yilgi mavsum “Yuventus”ga (1/8 final) yengilib musobaqa bilan xayrlashgandi.
Qayd etish joiz, Simeone jamoasi Chempionlar Ligasining ikki finalida qatnashib, ularning ikkisida ham tarkibida Ronaldu bor “Real”ga yutqazgandi — 2013/14 va 2015/16-yilgi mavsum.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)