• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkent shahri chegaralarini o‘zgartirish rejasi qayta ko‘rib chiqiladi

    Toshkent shahri va Toshkent viloyatining chegaradosh tumanlari hududlarini o‘zgartirish loyihasi qayta ko‘rib chiqiladi. Bu haqda O‘zbekiston hukumati va poytaxt hokimligidagi axborot manbalariga tayanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Prezident Shavkat Mirziyoyev 5-avgust kuni Toshkent shahri va Toshkent viloyatining o‘zaro chegaradosh bo‘lgan tumanlari hududlarini o‘zgartirish bo‘yicha tayyorlangan loyihalar taqdimoti bilan tanishgandi. Prezident matbuot xizmati aholiga qulaylik yaratish maqsadida Toshkent shahridan Toshkent viloyatiga 1010 gektar, viloyatdan poytaxtga 10196 gektar yer maydoni o‘tkazilishi rejalashtirilayotgani haqida xabar bergandi.

    Qurilish vaziri Botir Zokirov poytaxtning Sergeli, Chilonzor va Uchtepa tumanlaridan bir qismi, shuningdek, Mirzo Ulug‘bek tumani tarkibidagi Ulug‘bek shaharchasini Toshkent viloyati hududiga o‘tkazish taklif etilayotganini ma’lum qilgan.

    Toshkent shahrining hududlari o‘zgarishi mo‘ljallanayotgan mahallalari aholisi ushbu taklifga qarshi chiqqan. Xususan, Uchtepa tumani va Ulug‘bek shaharchasi aholisi ularning yashash hududlari Toshkent viloyati tarkibiga o‘tkazilishiga norozilik bildirgan. Uchtepa va Sergeli tumanlarida aholi ko‘chaga yig‘ilib, mutasaddilardan izoh talab qilgan.

    Uchtepa tumani hokimi Farhod Abdullayev aholi bilan uchrashuvda shahar chegaralarini o‘zgartirish taklifi hali loyiha ekanini ta’kidlab, ushbu masalani Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev bilan muhokama qilishga va’da bergan.

    11-avgust kuni poytaxt hokimi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ishtirok etgan “O‘rikzor” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi aholiga videomurojaatida “hududning bir metri ham Zangiota tumaniga o‘tmaydi”, dedi. “Gazeta.uz” muxbiriga bergan intervyusida u mazkur ma’lumotni tasdiqlagan va loyiha kechiktirilganini aytgan.

    Nashrning Toshkent shahar hokimligi va hukumatdagi manbalari loyiha qayta ko‘rib chiqilishini tasdiqlagan, ammo buning qachon amalga oshishi va qanday o‘zgarishlar bo‘lishi hozircha noma’lum.

    Qurilish vazirligining bildirishicha, o‘zgartirish loyihasi Toshkent hokimligi tomonidan tayyorlangan. Poytaxt ma’muriyatidan rasmiy izoh olishning iloji bo‘lmagan.

    Chegaralarni o‘zgartirish tartibi

    “Gazeta.uz”ning yozishicha, Oliy Majlis Senati 7-avgust kuni “O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi to‘g‘risida”gi qonunni ma’qullagan. Prezident tomonidan imzolanishi kerak bo‘lgan mazkur qonunga ko‘ra, viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar, Toshkent shahri tumanlari va viloyatlar tumanlarining chegaralarini o‘zgartirish hokimlar so‘rovi asosidagi Vazirlar Mahkamasining taklifi bilan Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi.

    Tegishli viloyat yoki Toshkent shahar hokimi Vazirlar Mahkamasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

    • shahar, Toshkent shahri tumani yoki viloyat tumanining chegarasini o‘zgartirish zarurati va maqsadga muvofiqligi asoslangan so‘rov;
    • viloyat yoki Toshkent shahar xalq deputatlari kengashining shahar, poytaxt tumani yoki viloyat tumani chegaralarini o‘zgartirish masalasini ko‘rib chiqish haqidagi qarori;
    • hokim tomonidan tuzilgan komissiya xulosasi;
    • shahar, Toshkent shahri tumani yoki viloyat tumanining chegaralari va chegaralari o‘zgartiriladigan ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarining kartografik ko'rinishi, shahar, Toshkent shahri tumani yoki viloyat tumanining chegara chiziqlarini aks ettirgan holda;
    • shahar, Toshkent shahri tumani yoki viloyat tumanining chegaralari o‘zgarishi bilan bog‘liq tegishli hisob-kitoblar va xarajatlarni moliyalashtirish manbalari.
    Qonunga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda hokimning so‘rovini ko‘rib chiqishi va uni ma’qullashi yoki rad etishi kerak. So‘rov ma’qullangan taqdirda, hukumat 10 kun muddatda parlamentga ko‘rib chiqish uchun hujjatlar bilan birga shahar, Toshkent shahri tumani yoki viloyat tumanining chegaralarini o‘zgartirish haqidagi taklif hamda Qonunchilik palatasi va Senat qarorlari loyihalarini kiritadi.

    13.08.2020, 21:57   Izoh (0)   34067
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda magistratura imtihonlari testlarining soni hamda ularni baholash mezonlari tasdiqlandi

    13.08.2020, 21:32

    O‘zbekistondagi barcha FHDYolarda 1-sentabridan boshlab tug‘ilish bilan bog‘liq kompleks davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibi joriy etiladi

    13.08.2020, 21:06

    O‘zbekistonda ijodiy imtihoni testga almashtirilgan abituriyentlarga yana yo‘nalishlarni tanlash imkoniyati berildi

    13.08.2020, 20:55

    O‘zbekistonda abituriyentlarning test savollariga javob berishi uchun 3 soat vaqt ajratiladi

    13.08.2020, 20:31

    Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi O‘zbekistonda og‘ir ahvoldagi bemorlar soni nega ko‘payayotganiga izoh berdi

    13.08.2020, 19:32

    Rossiyaning Rostov viloyatidan 918 nafar o‘zbekistonlik poyezdda Toshkentga olib kelindi

    13.08.2020, 18:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Endi oliygohlar davlatdan to‘plangan ballariga qarab pul oladi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 16:41

    Birgina reklama puliga poytaxtdan kvartira: mashhurlar ijtimoiy tarmoqlardan qancha daromad oladi?

    Layfstayl | 8 avgust, 16:30

    O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 16:16

    Oltinga burkangan qasr: Tramp Oq uyga qanday o‘zgartirishlar kiritdi? (foto)

    Dunyo | 8 avgust, 16:00

    Shavkat Mirziyoyev ishga joylashishni hisob-kitob qilishdagi kamchiliklarni tanqid qildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 15:43

    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi

    Reklama | 8 avgust, 15:00

    “Falastin Pelesi” Sulaymon al-Ubayd G‘azo janubidagi hujumda halok bo‘ldi

    Sport | 8 avgust, 15:31
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.