Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Rustam Ikromov O‘zbekistonga koronavirus vaksinasining olib kelinishi yuzasidan olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.
Bugungi kunda Rossiya hamda Xitoy davlatlarida ishlab chiqarilgan vaksinalardan foydalanish haqidagi takliflar o‘rganib chiqilmoqda. Bugun ham mana shu brifingdan oldin Xitoy vaksinasi qo‘llanilishi bo‘yicha videokonferensiya tashkil qilindi hamda fikr almashildi. Ushbu fikr almashishlar hamda Rossiya vaksinasini qo‘llash bo‘yicha olib borilayotgan muzokalar natijasiga qarab, vaksinani mamlakatda qo‘llash darajasi hukumatga ma’lum qilinadi.Eslatib o‘tamiz, avvalroq Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Barno Odilova ham avvalroq koronavirus vaksinasining O‘zbekistonga olib kelinishi haqidagi masalaga aniqlik kiritgan bo‘lsa, JSST koronavirusga qarshi vaksinatsiya 2021-yildan oldinroq boshlanmasligini bildirgan. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev esa 4-avgust kuni o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayevga bir hafta muddatda yetakchi olimlar va tajribali shifokorlar bilan maslahatlashgan holda vaksinani xarid qilish va O‘zbekiston aholisi vaksinatsiyasini amalga oshirish yo‘llarini puxta o‘rganib chiqish topshirig‘ini bergan edi.Rustam Ikromov, Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi
Mavzuga doir:
- Shavkat Mirziyoyev Alisher Usmonovning yordami haqida: “Koronavirusga qarshi qayerda yangi dori topilsa, pulini to‘lab olib kelib beraman, dedi”
- Nurmat Otabekov: Vaksinalar bugun-erta tayyor bo‘lib, qo‘limiz yetadigan joyda bo‘ladi degan fikrni ozgina unutish kerak
- Isroillik olimlar O‘zbekistonda koronavirusga qarshi dorining klinik sinovlarini o‘tkazmoqchi
Izoh (0)