• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Tinchlik va’dasini buzgan prezident Lindon Jonson. Amerikaning Vyetnamdagi “Tig‘dor nayza” operatsiyasi tarixi

    1964-yil AQSh harbiy havo kuchlari tomonidan Vyetnamga nisbatan ilk bor harbiy harakatlar boshlandi. “Daryo” “Tig‘dor nayza operatsiyasi” nomi bilan mashhur bo‘lgan ushbu tarixiy voqea haqida hikoya qiladi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Tonkin ko‘rfazidagi sirli voqea

    1964-yil 2-avgustda Tonkin ko‘rfazidagi AQShning ikki harbiy kemasi bo‘lgan “Maddox” va “Turner Joy”ga Shimoliy Vyetnam kuchlari tomonidan hujum qilindi. Ikki kundan keyin “Maddox” kemasi ikkinchi marta hujumga uchraganini e’lon qildi. Kema ekipaji tez orada bu ma’lumotni rad etgan bo‘lsa-da, ammo razvedka xizmati shimoliy vyetnamliklarning ushbu hujumni tan olgani haqidagi xabarlarini eshitganini keltirib o‘tdi.

    Urush muqarrar

    AQSh Kongressi birorta ham “qarshi” ovozsiz, 466 ovoz bilan Tonkin rezolyutsiyasini qabul qildi, bu esa prezidentga ushbu hujumga har qanday usul bilan javob berish huquqini berar edi. Bu urushning boshlanishini anglatardi.

    AQShning Vyetnamga bostirib kirishi to‘g‘risidagi qaror Kongressdan tashqari, prezident, Mudofaa vaziri Robert Mak Namara va Davlat kotibi Din Rasklar tomonidan ham qabul qilindi. Prezident Lindon Jonson Shimoliy Vyetnam dengiz kuchlariga qarshi “Tig‘dor nayza” nomli operatsiya orqali havo hujumlarini amalga oshirishni buyurdi.

    “Tig‘dor nayza” otilishga shay

    Ushbu reyd 1964-yil 5-avgust kuni, AQSh harbiy-dengiz kuchlarining ikkita samolyot tashuvchi kemasi tomonidan amalga oshirilgan. Nishon sifatida Shimoliy Vyetnam kemalari joylashgan bir nechta dengiz bazalari, shuningdek, Vindagi neft omborlari tanlangan. Rejaga ko‘ra, neft omborlari yo‘q qilinganidan so‘ng shimoliy Vyetnam dengiz flotida kemalar uchun yoqilg‘i bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelishi kerak edi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Amerikaliklarning ma’lumotlariga ko‘ra, hujumda ishtirok etgan 64 ta samolyotdan  ikkitasi yo‘qotilgan xolos. Bir uchuvchi halok bo‘lgan, ikkinchisi (Everett Alvarez) vyetnamliklar tomonidan qo‘lga olinib, AQSh ning Shimoliy Vyetnamdagi birinchi asirga tushgan askari sifatida ko‘riladi. Amerika qo‘mondonligi ushbu operatsiya natijalarini muvaffaqiyatli deb topdi: Vin shahridagi neft zaxiralarining 90 foizi yo‘q qilindi va Shimoliy Vyetnam torpedo otuvchi kemalarining uchdan ikki qismi ishdan chiqarildi.

    Sovuq urush klassikasi

    Ushbu hujum “Tonkin ko‘rfazidagi voqea”ga nisbatan zudlik bilan berilgan javob harakatlari edi va o‘z navbatida Vyetnamdagi vaziyatga AQSh harbiy aralashuvining boshlang‘ich nuqtasi bo‘ldi. O‘shanda bu davlat sotsialistik va kapitalistik ikki qismga bo‘lingandi. Sovuq urush davrining klassikasi. Aslida, Vyetnamda shimoliy va janubiy Vyetnam bir-biri bilan urush yoqasida turgan edi. SSSR tomonidan shimoliy vyetnamlik partizanlarga harbiy-texnik yordamlar muntazam ravishda davom etardi. Ushbu mintaqada AQSh flotining paydo bo‘lishi esa, o‘z navbatida, janubiy Vyetnamga yordam berish, shimolga nisbatan harbiy bosim va qurol-yarog‘ diplomatiyasining “klassikasi” edi.

    Tinchlik va’dasi bilan g‘alaba qozonib, urush boshlagan prezident

    Biroq ushbu operatsiya mintaqada keng ko‘lamli harbiy harakatlar boshlanishiga olib kelmadi. Bu faqat bir yildan keyin, 1965-yil avgustda yuz beradi. Gap shundaki, 1964-yilda AQSh yangi prezident saylovlari arafasida edi. Asosiy nomzodlardan biri Lindon Jonsonning obro‘si xalq orasida unchalik katta emasdi. Jonson 1960-yilda bo‘lib o‘tgan saylovlarda Jon Kennedi bilan birga saylangan vitse-prezident edi. U yangi saylovlarda tinchlik tarafdori sifatida qatnashdi, uning asosiy raqibi respublikachi Barri Golduoter haqli ravishda “Vashington qirg‘iysi” deb hisoblangan. Ma’lumki, Jonson 1964-yil noyabr oyida bo‘lib o‘tgan saylovlarda ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Tinchlik urushni yengdi. Ammo bu vaqtincha edi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Vyetnamda vaziyat tez yomonlashdi, janubiy Vyetnam hukumati bo‘lgan Saygon rejimi o‘z hududlari nazoratini yo‘qota boshladi. Mamlakatning qishloq joylarida yashovchi aholi vakillari shimolliklar tomoniga o‘tib keta boshladi. Shu sabab Oq uyda o‘zini “tinchlik kabutari” sifatida tanishtirgan Lindon Jonson o‘z mamlakatining tarixiga Vyetnamdagi qonli urushlarni olib borgan prezident sifatida kirdi.

    Qing‘ir ishning qiyig‘i...

    Yaqinda Amerika Qo‘shma Shtatlarida Milliy xavfsizlik agentligi tarixiga ixtisoslashgan mustaqil tadqiqotchi Metyu Eydning 1964-yilda Tonkin ko‘rfazida sodir bo‘lgan va Vyetnamga bostirib kirishga olib kelgan voqea haqidagi asosiy razvedka ma’lumotlari qalbaki ekani to‘g‘risidagi maqolasi e’lon qilindi.

    Bunga AQSh Milliy xavfsizlik agentligi tarixchisi Robert Xeynokning 2001-yilda tuzilgan va ma’lumot olish erkinligi to‘g‘risidagi qonun asosida maxfiyligi yechilgan hisoboti asos bo‘ldi. Hisobotdan ma’lum bo‘lishicha, MXA xodimlari radio orqali ushlab olish natijasida olingan ma’lumotlarni tarjima qilishda xatoga yo‘l qo‘ygan. Xatoni deyarli zudlik bilan aniqlagan yuqori martabali zobitlar esa barcha kerakli hujjatlarni tuzatib, xatoni yashirishga qaror qilgan. Shunday qilib, hujjatlarda amerikaliklarga nisbatan hujum bo‘lgan degan yolg‘on ma’lumot rostga aylantiriladi. Yuqori martabali amaldorlar o‘z chiqishlarida bu soxta ma’lumotlarga bir necha bor murojaat qilgan.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Robert Mak Namara: “Menimcha, Jonson urushni xohlagan deb o‘ylash noto‘g‘ri. Ammo biz shimoliy Vyetnam mojaroni yanada kuchaytirayotganiga oid dalillarga ega ekanimizga ishongan edik”.  Bu MXA rahbariyati tomonidan hujjatlarni soxtalashtirishning so‘nggi ishi emas edi. Masalan, Iroqdagi urush ham “uran hujjatlari” to‘g‘risidagi tasdiqlanmagan ma’lumotlarga asoslangan edi. Ammo bu endi umuman boshqa hikoya...

    Nurbek Alimov tayyorladi.

    05.08.2020, 11:56   Izoh (0)   64394
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Butun dunyo bo‘ylab koronavirus qurbonlari soni 700 ming kishidan oshdi

    05.08.2020, 11:12

    Lukashenko Belarus koronavirus epidemiyasini yengib o‘tganini ma’lum qildi

    05.08.2020, 09:29

    Bayrutdagi portlash: o‘nlab qurbonlar, minglab jarohatlanganlar. Asosiy ma’lumotlar

    05.08.2020, 08:34

    Italiyada avvalgi hisob-kitobdan 6 baravar ko‘p odam COVID-19 bilan kasallangani va undan tuzalgani ma’lum bo‘ldi

    05.08.2020, 08:03

    Rossiyaning Samara viloyatida 500 nafarga yaqin o‘zbekistonlik Qozog‘iston chegarasini kesib o‘tishga urindi (video)

    05.08.2020, 06:53

    Qozog‘istonda kam ta’minlangan oilalarning farzandlariga masofaviy ta’lim uchun kompyuterlar tarqatiladi

    05.08.2020, 06:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoy dunyodagi eng yirik GESni qurishga kirishdi

    Dunyo | 20 iyul, 08:30

    AQSHda migrantlarni joylashtirish uchun chodir shaharlar quriladi

    Dunyo | 20 iyul, 08:10

    Vyetnamda sayyohlik kemasi ag‘darilishi oqibatida 34 kishi halok bo‘ldi (foto, video)

    Dunyo | 20 iyul, 00:00

    “Kiyev Moskvaga kelasi hafta muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi” — Zelenskiy

    Dunyo | 19 iyul, 23:40

    “Ozarbayjon AZAL samolyoti halokati tufayli Rossiyaga qarshi xalqaro da’vo tayyorlamoqda” — Ilhom Aliyev

    Dunyo | 19 iyul, 23:19

    O‘zbekistonda akademik litseylarga kirish test sinovlari qachon o‘tkazilishi e’lon qilindi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 23:00

    Xabi Alonso “Chelsi” yetakchisi Koul Palmerni “Real”ga olib kelmoqchi

    Sport | 19 iyul, 22:57

    Air China aviakompaniyasi Pekindan Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ydi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 22:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.