A Seriya tashkiloti yig‘ilishida Italiya chempionatining 2020/21-yilgi mavsumi muddatlariga aniqlik kiritildi.
Italiya chempionatining yangi mavsumi 19-sentabr kuni start oladi. Mavsumning yakuniy o‘yini 2021-yilning 23-mayiga mo‘ljallangan. Ta’kidlanishicha, ikkinchi davra bahslari qishki tanaffusdan so‘ng, 3-yanvardan boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, koronavirus sabab A Seriya 2019/20-yilgi mavsumi uch oy to‘xtab qoldi va 1-avgust kuni o‘z yakuniga yetdi. Chempionlik ketma-ket to‘qqizinchi bor “Yuventus”ga nasib etdi. Kuchli uchlikka “Inter” va “Atalanta” jamoalari kirdi.
Eslatib o‘tamiz, avgust oyida bir qator Italiya klublari Yervokuboklarda ishtirok etadi.
“So‘yloq” Ronaldoning “Inter” va “Milan” safida urgan qoyilmaqom 10 ta goli (video)
Izoh (0)