“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Chempionlar Ligasi 1/8 final javob o‘yini oldidan “Real” ustozi Zinedin Zidan haqida fikr bildirdi.

Foto: Twitter

“U judayam ajoyib futbolchi bo‘lgan, shunchaki “vau”! U bilan o‘ynashni xohlagandim. Uning Fransiyasiga qarshi o‘ynash esa menga omad keltirmagan.

Uning jamoasi yaxshi va yomon paytlarda ham ajoyib o‘ynaydi, men bundan xursandman. Odamlar menga ishonmasligi mumkin, chunki u “Real”ni boshqarmoqda, biroq men uning yaxshi ishlayotganidan xursandman. Unga o‘xshaganlarning yaxshi ishlashi — futbol uchun juda foydali.

U ketma-ket uch marta Chempionlar Ligasini yutdi va ikki bor “Barselona”dan La Ligani tortib oldi. Bu esa uning qobiliyatidan darak beradi”, — deydi Gvardiola.

Eslatib o‘tamiz, “Manchester Siti” — “Real” uchrashuvi 7-avgust sanasiga belgilangan. Uchrashuv Angliyadagi karantin cheklovlariga qaramay o‘z vaqtida bo‘lib o‘tadi. Tomonlarning Madridda kechgan birinchi to‘qnashuvi 2:1 hisobida “shaharliklar” foydasiga hal bo‘lgan.

Zinedin Zidanning “Real” safidagi shedevr gollarni yodga olamiz (video)

Mavzuga doir: