Ring jurnali ayni damda dunyoning eng yaxshi og‘ir vaznli bokschilariga oid top-10 reytingini tuzdi.
Reytingning birinchi o‘rnidan WBC kamari sohibi Tayson Fyuri o‘rin oldi. Ikkinchi o‘rindan esa super og‘ir vazn toifasida WBA, IBF va WBO kamarlari sohibi Entoni Joshua o‘rin egallagan. Kuchli uchlikdan Dillian Uayt o‘rin olgan.
Top-10 esa quyidagicha ko‘rinish olgan:
1. Tayson Fyuri (30-0-1);2. Entoni Joshua (23-1-0);3. Dillian Uayt (27-1-0);4. Deontey Uaylder (42-1-1);5. Luis Ortis (31-2-0);6. Aleksandr Povetkin (35-2-1);7. Jozef Parker (27-2-0);8. Maykl Hanter (18-1-1);9. Oskar Rivas (26-1-0);10. Kubrat Pulev (28-1-0).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)